Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Dunyo bo‘ylab hamyonbop xalqaro universitetlar: Kipr G‘arbiy Universiteti - bakalavr dasturlari va grantlar

26-aprel 05:19
Dunyo bo‘ylab hamyonbop xalqaro universitetlar: Kipr G‘arbiy Universiteti - bakalavr dasturlari va grantlar

Davlat:

Kipr

Rasmiy havola:

cwu.edu.tr

Grant turi:

Bakalavriatura

Kipr G‘arbiy Universiteti:

Kipr G‘arbiy Universiteti 2015-yil 8-dekabrda Famagusta shahar markazida tashkil etilgan bo‘lib, u o‘quv binosi, yotoqxona, sport maydonchalari va barcha turdagi ijtimoiy madaniy inshootlarni o‘z ichiga oladi. Ayni damda talabalar shaharchasining yangi loyihasi qurilmoqda va uni qisqa vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan. Talabalar shaharchasi ochiq va yopiq choyxonalar, basketbol maydonchasi, voleybol maydonchasi, stol tennisi maydoni, avtoturargoh, talabalar turar joyi, konferensiya zali, kompyuter laboratoriyasi, kutubxona, ibodat xonasi, shifoxona, o‘quv xonalari va tibbiy laboratoriyadan iborat.

Universitet tomonidan taqdim etiladigan grantlar:

Ayni vaqtda universitet tomonidan bakalavr bosqichining barcha kurslarida ta’lim olish niyatida bo‘lgan talabalar uchun o‘quv dasturi to‘lovidan 65% lik chegirma beruvchi International Student Scholarships grant dasturi taqdim etilmoqda. Universitetning bakalavr kurslari uchun yillik to‘lov miqdori asosan 7000 AQSh dollarini tashkil etib, grant taqdim etilgandan so‘ng quyidagi jadvaldan ko‘rsatilgan miqdorda yillik kontrakt to‘lovi to‘lanadi:

International Student Scholarships grant dasturi uchun bakalavr dasturiga ariza topshirgan barcha talabalar va ularning ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqiladi va grantga loyiq topilganlar uchun chegirmalar avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Bundan tashqari universitet tomonidan Academic Scholarships nomli grant dasturi ham taqdim etilmoqda. Ushbu dastur kontrakt to‘lovini o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlariga ko‘ra 70%, 80% va 100% gacha qoplaydi.

Grantning davomiyligi - bakalavr dasturi uchun 4 yil, shuningdek, ingliz tiliga tayyorgarlik dasturi uchun 1 yil (agar kerak bo‘lsa). Ushbu grantni olish uchun universitetning stipendiya qo‘mitasining quyidagi elektron manziliga murojaat qilishingiz kerak:

Fakultetlar:

• Business Administration

• Tourism and Hotel Management

• Psychology

• Civil Aviation Management

• Logistics

• Computer Engineering

• Guidance and Psychological Counselling

• English Preparatory School

Talablari:

Universitetning ayrim dasturlari SAT (900/1600) sertifikatini ham talab qilishi mumkin, bundan tashqari deyarli barcha bakalavr dasturlari uchun IELTS 5.0 yoki TOEFL IBT 60 til sertifikatlari talab qilinadi. Universitet dasturlari ingliz tilida bo‘lib, agar talaba quyidagi ingliz tili talablariga javob bermagan bo‘lsa, u ingliz tilidan imtihon topshirishi kerak.

Asosiy kerakli hujjatlar:

Maktab attestati va kollej yoki litsey diplomi baholari uchun minimal talab 3 ball hisoblanadi. Quyida ko‘rishingiz mumkin:

Hujjatlarni yuborish:

Bakalavr dasturlari uchun bu yerdan hujjatlarni yuborishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot rasmiy saytda