Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Garvard universiteti: Umumiy qiymati 102 200 AQSH dollariga teng grant dasturi

14.04.2022 22:55
Garvard universiteti: Umumiy qiymati 102 200 AQSH dollariga teng grant dasturi

Muddati:

31.05.2022

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Grant turi:

Magistratura

Dastur haqida qisqacha:

Garvard universiteti MBA (Masters of Business Adminstration) kurslari dunyodagi eng nufuzli universitetlardan birida o‘qitiladigan dunyodagi yetakchi biznes dasturlaridan biridir. Boustany MBA Harvard Scholarship dasturi esa har ikki yilda bir marta Garvard biznes maktabida ikki yillik kursida o‘qimoqchi bo‘lgan yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega talabalar uchun taqdim etiladi.

Grant quyidagilarni taklif qiladi:
• O‘quv to‘lovlari bo‘yicha 102,200 AQSh dollarilik moliyaviy yordam (yiliga 51,100 AQSh dollari);
• Amaliyot bilan bog‘liq sayohat va yashash xarajatlari.

Ushbu grant 2022 yil kuzida boshlanadigan MBA dasturi uchun taqdim etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

Nomzodlar mukammal ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va kelajakda yuqori natijalarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishlari zarur. Garchi stipendiya har qanday millatning nomzodlariga berilishi mumkin bo‘lsada, Livan davlati nomzodlariga ustuvor ahamiyat beriladi. Lekin barcha davlatlardan nomzodlar ariza berishlari mumkin.

Eslatma: Nomzodlar Garvardning MBA dasturiga kirish taklifini olgandan keyingina stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

MBA dasturi uchun bu yerdan ariza topshirishingiz mumkin.

Ariza berish jarayoni:
Nomzodlar CV (fotosurat bilan), GMAT ballari va universitetning MBA qabul qilganlik xatini quyidagi manzilgan yuborish orqali grantga ariza topshiradilar:

  • admissions@boustany-foundation.org

Tanlab olingan nomzodlar suhbatga taklif etiladilar va suhbat natijalari asosida bitta nomzodga grant taqdim etiladi.

Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 31-may.

Eslatma: Grant 2022 yil iyun oyida beriladi.

Batafsil rasmiy saytda