Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sharqshunoslik universitetida bakalavriat bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ochiladi

30.06.2020 22:57
Sharqshunoslik universitetida bakalavriat bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ochiladi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tarmoqlar va mehnat bozori talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bakalavriatda yangi 4 ta ta’lim yo‘nalishi qo‘shiladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida bakalavriat bo‘yicha 4 ta yangi ta’lim yo‘nalishi qo‘shiladi. Bu haqda AOKA anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan brifingda Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ma’lum qildi:

2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son Prezident qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga «universitet» maqomi berildi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tarmoqlar va mehnat bozori talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bakalavriatda yangi 4 ta ta’lim yo‘nalishi qo‘shiladi. Jumladan:

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika;
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari);
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Qayd etilishicha, 2 ta mutaxassislik 5A120305 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya hamda Turizm (yo‘nalishlar va faoliyat turlari) bo‘yicha qabul kvotalari shakllantirildi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab I bosqich talabalari o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish maqsadida yangi o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Mazkur o‘quv rejalarida YeCTS (Yevropa kredit transfer tizimi)ga muvofiq bakalavr darajasida talaba 240 ta va magistraturada 120 ta kredit fanlarni o‘zlashtirishi belgilandi.

2020-2021 yildan Universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan test sinovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish uchun Davlat test markazi bilan hamkorlikda test materiallari bazalari yaratildi.