
Vazir “Yil o‘qituvchisi” tanlovini adolatli o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalar so‘radi
Hilola Umarova “Yil o‘qituvchisi” tanlovi bo‘yicha takliflarni qabul qilmoqda. G‘oliblarga uy berish uchun tanlovning shaffof va adolatli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.










