Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimyo, fizika, tarix va boshqa fanlardan milliy sertifikat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘ting

16-aprel 16:11
Kimyo, fizika, tarix va boshqa fanlardan milliy sertifikat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘ting

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

📢 2025-yil 14-apreldan boshlab, quyidagi fanlardan milliy sertifikat test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi:

🧪 Kimyo

🌕 Fizika

🏛 Tarix

🌿 Biologiya

Matematika

🌍 Geografiya

📌 Ro‘yxatdan o‘tish:

  • Platforma: my.gov.uz

  • Boshlanishi: 14-aprel

  • Yakunlanadi: 20-aprel, soat 23:59

  • To‘lov muddati: 21-aprel — to‘lovni amalga oshirishning oxirgi kuni

🧪 Test sanalari:

  • 3–4-may va 24–25-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan

  • Aniq sana, joy va vaqtruxsatnoma orqali e’lon qilinadi

  • Sinov vaqti talabgorlar sonidan kelib chiqib belgilanadi

✅ Eslatma:

Milliy sertifikat imtihon natijalari ko‘plab oliy ta’lim muassasalari tomonidan imtihondan ozod etish yoki maksimal ball berish asosida e’tirof etiladi.