Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

Bugun qabulning oxirgi kuni. Abituriyentlar o‘rtasida raqobat qanday?

20-iyul 07:44
Bugun qabulning oxirgi kuni. Abituriyentlar o‘rtasida raqobat qanday?

Qabul-2020: 1,3 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

19-iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 1 323 384 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 510 572 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

• kunduzgi – 733 951 nafar;
• sirtqi – 558 124 nafar;
• kechki – 31 309 nafar.

Hududlar miqyosida:

• Toshkent shahri – 360 598 nafar;
• Samarqand viloyati – 125 048 nafar;
• Farg‘ona viloyati – 101 295 nafar;
• Andijon viloyati – 96 401 nafar;
• Qashqadaryo viloyati – 87 995 nafar;
• Surxondaryo viloyati – 80 591nafar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 74 377 nafar;
• Toshkent viloyati – 70 246 nafar;
• Namangan viloyati – 69 964 nafar;
• Jizzax viloyati – 63 901 nafar;
• Buxoro viloyati – 59 143 nafar;
• Xorazm viloyati – 50 308 nafar;
• Navoiy viloyati – 42 794 nafar;
• Sirdaryo viloyati – 37 723 nafar.

Tillar kesimida:

• o‘zbek tilida – 1 157 573 nafar (87,6 foiz)
• rus tilida – 123 503 nafar (9,3 foiz)
• qoraqalpoq tilida – 39 429 nafar (2,9 foiz)
• boshqa tillarda – 2 879 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

• Samarqand davlat universiteti – 67 405 nafar;
• Andijon davlat universiteti – 52 300 nafar;
• Qarshi davlat universiteti – 51 733 nafar;
• Termiz davlat universiteti – 46 251 nafar;
• Namangan davlat universiteti – 46 223 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni. Oliygoh.uz sayti orqali abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar kesimida onlayn kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun saytning "Oliygohlar" bo‘limiga kirish va kerakli oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.