Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Toshkentgi test o‘tkaziluvchi binolar vaqtinchalik kasalxonalarga aylantirildi. Test kunlari yana suriladimi?

19-iyul 20:49
Toshkentgi test o‘tkaziluvchi binolar vaqtinchalik kasalxonalarga aylantirildi. Test kunlari yana suriladimi?

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, kasallikka chalingan bemorlarni joylashtirish uchun koyka-o‘rinlar tayyorlanmoqda.

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, bu yerda bemorlar kasallikdan davolanmaydi, balki kasallik gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, ularga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi va tashxis qo‘yilganidan keyin kerakli tibbiyot muassasasiga taqsimlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda pavilonlarga bir-biridan pardevorlar bilan ajratilgan yotoqlar joylashtirib chiqilayotgani aks etgan.

Maʼlumot uchun Toshkent shahridagi «O‘zEkspoMarkaz»ning 7 ta pavilyonida test o‘tkazish mo‘ljallangan. Agar ushbu pavilyonlar vaqtinchalik kasalxonaga aylantirilsa, test imtihonlari ortga suriladimi? Tez orada masʼullar bunga javob berishadi degan umiddamiz.