Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi

09-dekabr 05:18
Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi

Muddati:

15.01.2021

Davlat:

Avstraliya

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

Rasmiy havola:

www.monash.edu

Muddati: 2021 yil 15-yanvar

O‘qish joyi: Melburn, Avstraliya

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi. Har yili 31 talaba Monash University da bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. Monash University stipendiyasini xalqaro talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun ochiq.

Talabalar kunduzgi o‘qish uchun har yili $ 10,000 miqdorida stipendiya olishadi (48 ta kredit). Stipendiya talabaning dastur bo‘yicha o‘qigan barcha davrida to‘lanadi. Agar talaba o‘rtacha (70%) dan yuqori ballga ega bo‘lsa va stipendiya yoki universitetni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan kamida 3 tadbirda qatnashsa, stipendiya keyingi yilga uzaytiriladi.

Talablar:

Monash University da bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlaridan biriga o‘qishga kirish.

• A’lo darajadagi ilmiy natijalarga ega bo‘ling.

• Avstraliya fuqarosi bo‘lmasoigi lozim.

Monash University da tahsil olayotgan talabalar ham stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin, ammo ustuvorlik Monash University ga endigina kirayotgan talabalarga beriladi.

Talaba kunduzgi o‘qish uchun bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlaridan biriga o‘qishga kirishi shart. Talabaning o‘qishga kirganligini tasdiqlovchi xatni oling, so‘ngra stipendiya olish uchun alohida ariza yuboring. Stipendiyani o‘rganish uchun siz qo‘shimcha hujjatlarni topshirishingiz shart emas, faqat ariza kifoya!

Monash University da o‘qishni 1 semestrdan va 2 semestrdan boshlash mumkin.

Ariza berish muddati:

Agar talaba birinchi semestrda o‘qishni boshlashni xohlasa: Muddati: 15 oktyabr, 15 noyabr, 15 yanvar.

Agar talaba ikkinchi semestrda o‘qishni boshlashni xohlasa: Muddati: 15 oktyabr, 15 noyabr, 15 yanvar, 15 mart, 15 aprel, 15 may.

Batafsil rasmiy veb-saytida: https://www.monash.edu/study/fees-scholarships/scholarships/find-a-scholarship/international-merit-5770