Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Buyuk Britaniyada o‘qish uchun Chevening stipendiyasi

29-iyul 15:50
295
Buyuk Britaniyada o‘qish uchun Chevening stipendiyasi

Muddati:

06.11.2020

Davlat:

Buyuk Britaniya

Ta'lim shakli:

Magistratura

Rasmiy havola:

www.chevening.org

Qabul qilish muddati: 2020 yil 6-noyabr

Qayerda: Buyuk Britaniya

Grant: o‘qish va xarajatlar

Chevening stipendiyalari - bu Buyuk Britaniya hukumatining Tashqi ishlar vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan global stipendiya dasturi. Grant asosan magistr darajasiga ega bo‘lish uchun bir yil muddatga beriladi.

Chevening dasturida ishtirok etishni istaganlar nomzodlarni taklif etiladi. Ishtirokchi davlatlar orasida: Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Moldova, Belarusiya, Qozog‘iston, Gruziya va boshqalar.

Ustuvor soxa yo‘nalishlari:

- Siyosat va xalqaro munosabatlar;

- Huquq va davlat boshqaruvi;

- Iqtisodiyot, biznes va innovatsiyalar;

- Iqlim o‘zgarishi, ekologik tadqiqotlar va energiya xavfsizligi;

- Fan va Koinot;

- Jurnalistika.

Chevening stipendiyasi miqdori:

- Bir oylik stipendiya;

- Transport xarajatlari;

- Dissertatsiya granti;

- Viza harajatlari;

- Uqish harajatlari.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1) dasturda qatnashayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo‘lish va Chevening stipendiya dasturini tugatgandan keyin kamida 2 yil muddat davomida vataniga qaytib ketishi lozim;

2) bakalavr darajasi yoki undan yuqori.

3) Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (shu jumladan stajirovka, ko‘ngillilik va boshqalar).

4) Ingliz tilini bilish darajasi:

* Akademik IELTS (test markazini toping);

- Umumiy ball - 6,5, har bir komponentida yeng kam ball:

Listening - 5,5; Reading - 5,5, Speaking - 5,5, Writing - 5,5

Pearson PTE Academic (sinov markazini toping);

- Umumiy ball - 58, har bir komponent bo‘yicha yeng kam ball:

Listening - 42, Reading - 42, Speaking - 42, Writing - 42

* TOEFL iBT (sinov markazini toping)

- Umumiy ball - 79, har bir komponent bo‘yicha yeng kam ball:

Listening - 17, Reading –- 18, Speaking - 20, Writing – 17

5) Arizani Buyuk Britaniyaning 3 universitetiga topshirish imkoniyati bor.

6) Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega emas va ilgari ushbu mamlakatda biron bir davlat stipendiyasi bo‘yicha o‘qitilmagan bo‘lishi kerak.

Quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:

- Ingliz tilida yozilgan ikkita tavsiyanoma;

- Pasport yoki boshqa shaxsiy guvohnoma;

- Universitetda olgan baholari bilan (bakalavr, magistratura) ko‘chirma;

- 3 ta tanlangan magistrlik dasturi.

Hujjatlar pdf formatida qabul qilinadi va 5MB dan oshmasligi kerak.

Siz dasturda ishtirok etish uchun onlayn tarzda murojaat qilishingiz mumkin.

Grant to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot tashkilotchilar veb-saytidan ko‘rishingiz mumkin