Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Germaniya Marshall fondi Parijdagi ofisida to‘lanadigan stajirovka e’lon qiladi

09-dekabr 05:15
Germaniya Marshall fondi Parijdagi ofisida to‘lanadigan stajirovka e’lon qiladi

Muddati:

01.02.2021

Davlat:

Fransiya

Rasmiy havola:

gmfus.hrmdirect.com

Stajirovka boshlanish vaqti: 2021 yil, 1 fevral.

Mamlakat: Fransiya, Parij.

Stipendiya: Oyiga 800 yevro.

Germaniyaning Marshall fondi (AQSh) ning Parijdagi vakolatxonasi 6 oylik davr uchun stajerni qidirmoqda. Stajer yetakchi tahlil markazida amaliy tajriba orttirish, shuningdek transatlantik munosabatlar sohasida siyosiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

· nomzodlar magistratura dasturida (xalqaro aloqalar/Yevropa siyosati/siyosiy fanlar bo‘yicha) yoki magistratura bitiruvchilari bo‘lishlari kerak;

· ingliz va fransuz tillarini yaxshi bilish;

· ijodkorlik, tadbirkorlik va mas’uliyat;

· tashkilotchilik qobiliyatlari, vaqt boshqarish qobiliyatlari;

· xalqaro muhitda ishlash qobiliyati;

· alohida va jamoada ishlash qobiliyati;

· loyihalarni tashkil etish, dasturiy ta’minotni rejalashtirish, shuningdek, tadqiqot ishlarining tajribasi;

· tashqi siyosat, diplomatiya, transatlantik munosabatlar sohasida ish tajribasi yoki qiziqish;

· Yevropa va Amerika ichki va tashqi siyosati, shuningdek transatlantik munosabatlar sohasidagi bilimlar afzallik beriladi.

Stajer to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsizlik va mudofaa, Yevropa dasturlari, shuningdek, Fransiya, Yevropa va AQSh siyosatiga oid turli xil masalalar bo‘yicha kichik loyihalar bilan ishlaydi.

Batafisil: https://gmfus.hrmdirect.com/employment/job-opening.php?req=1384682&&&jbsrc=1014