Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

17-iyun 18:43
Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

01.07.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.reading.ac.uk

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

University of Reading universiteti sifatli ta’lim beruvchi va ko‘p qirrali oliy ta’lim muassasasidir. Unda turli xil kelib chiqishga va madaniyatga ega 17000 ga yaqin talaba ta’lim oladi. U 16 ta akademik maktabga bo‘lingan va Buyuk Britaniyada hamda chet el davlatlarida to‘rtta asosiy kampusga ega.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni univesitetning magistratura bosqichida o‘qishlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun:

  • Barcha davlat fuqarolari grant dasturi uchun nomzodlik qilishlari mumkin.

Qaysi sohalar uchun:

  • Food Economics;w
  • Marketing.

Ariza topshirish jarayoni:

Grant dasturiga nomzodlik qilish uchun, avvalo, BU YERDAN universitetning magistratura dasturiga muddatidan oldin hujjat topshirishingiz kerak. Barcha muvaffaqiyatli nomzodlarga universitetning onlayn portali orqali grant dasturi uchun ariza formasi taqdim etiladi.

Qabul talablari:

  • Nomzodlar bakalavr diplomiga ega bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan birini taqdim etish talab qilinadi:
    • IELTS: 6.5
    • TOEFL (paper-based version): 570; (internet-based test): 88
    • Cambridge UCLES Certificate of Proficiency in English (CPE): C
    • Test of English for Educational Purposes (TEEP): 6.5

Grantning manfaatli tomonlari:

University of Reading universiteti 2021/2022-akademik o‘quv yili uchun g‘olib nomzodlarni 4000 funt miqdorida mukofot puli bilan taminlaydi.

Batafsil bu yerda