AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy 97 280 AQSh dollarlik to‘liq grant dasturi

03-iyun 03:13
AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy 97 280 AQSh dollarlik to‘liq grant dasturi

Muddati:

30.06.2021

Davlat:

AQSH

Rasmiy havola:

www.ccis.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Oliygoh va grant dasturi haqida:

Kolumbiya kolleji - asosiy kampus Nyu-York shahrida joylashgan AQSh davlatining eng qadimiy oliygohlaridan biri hisoblanadi. U Angliya cherkovi tomonidan 1754- yilda Buyuk Britaniya qiroli Jorj II dan qirollik xartiyasini olgan holda qirollik kolleji sifatida tashkil etilgan. Bu Nyu-York shtatidagi eng qadimgi va Qo‘shma Shtatlardagi eng qadimgi beshinchi oliy o‘quv yurtidir.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan Presidential Scholarship grant dasturi milliy va xalqaro talabalarga dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan birida sifatli ta’lim olishlariga moliyaviy ko‘maklashishni nazarda tutadi.

Muvofiqlik talablari:

  • Grant dasturi uchun AQSh davlati va xorijlik talabalar nomzodlik qilish imkoniyatiga egalar;
  • Grant dasturi oliygohning barcha bakalavr kurslari uchun amal qiladi;
  • Nomzodlar universitetda ilk o‘quv yili uchun qabul qilingan bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlar bakalavr bosqichining kunduzgi ta’lim dasturiga qabul qilingan bo‘lishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Abituriyentlar oliygohning ariza topshirish onlayn platformasiga BU YERDAN tashrif buyurib, hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish va keyin tizimga kirish orqali ariza topshirishlari kerak.
  • Abituriyentlar o‘zlari istagan bakalavr bosqichi dasturi uchun ariza topshirgan vaqtlaridan boshlab grant uchun avtomatik nomzodlik qiladilar;
  • Zaruriy hujjatlar tanlangan dasturga qarab farqlanishi mumkin.

Umumiy qabul talablari:

  • Oliygohning istalgan dasturiga qabul qilinishlari uchun nomzodlar 3.0 ballik High School GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish sertifikatlarining ko‘rsatilgan minimal ballariga ega bo‘lishlari kerak:
    • TOEFL IBT - 54 yoki undan yuqori;
    • TOEFL PBT - 480 yoki undan yuqori;
    • PTE - 42 yoki undan yuqori;
    • IELTS - 5.0;
    • iTEP Academic - 5;
    • Duolingo English Test - 80 yoki undan yuqori.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Grant dasturi g‘oliblariga Columbia College oliygohida o‘qitiladigan bakalavriat dasturining to‘lovini qoplash uchun yiliga 24,320 AQSh dollari, to‘rt yil davomida umumiy 97,280 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

Arizalarni qabul qilish muddati:

  • 2021- yil 30-iyun

Batafsil bu yerda