Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2021

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-91-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali fakultet va kafedralari:

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti

  • Telekommunikatsiya injiniringi
  • Axborot taʼlim texnologiyalari
  • Xorijiy tillar

Kompyuter injiniringi

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

  • Dasturiy injiniringi
  • Axborot xavfsizligi
  • Oʻzbek tili va gumanitar fanlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali ta'lim yo'nalishlari:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • AKT sohasida kasb ta’limi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo’yicha)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali yotoqxonasi (TTJ):

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2021-2022 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) 5330300 / Matematika / Fizika 25 10 15 152.25 112.35
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 5350400 / Matematika / Fizika 75 10 65 123.9 79.8
Dasturiy injiniring 5330600 / Matematika / Fizika 30 10 20 154.35 109.2
Kompyuter injiniringi: AT-Servis 5330502 / Matematika / Fizika 25 10 15 139.65 105
Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi” 5330501 / Matematika / Fizika 160 20 140 138.6 84
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5234100 / Matematika / Chet tili 25 10 15 148.05 119.7
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 5350101 / Matematika / Fizika 30 8 22 138.6 92.4