Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2023

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-91-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali fakultet va kafedralari:

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti

  • Telekommunikatsiya injiniringi
  • Axborot taʼlim texnologiyalari
  • Xorijiy tillar

Kompyuter injiniringi

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

  • Dasturiy injiniringi
  • Axborot xavfsizligi
  • Oʻzbek tili va gumanitar fanlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali ta'lim yo'nalishlari:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • AKT sohasida kasb ta’limi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo’yicha)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali yotoqxonasi (TTJ):

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2023-2024 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) 60610300 / Matematika / Fizika 60 10 50 147.8 99.9
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 / Matematika / Fizika 40 5 35 124.9 86.3
Dasturiy injiniring 60610600 / Matematika / Fizika 60 10 50 142.5 89.7
Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 / Matematika / Fizika 20 5 15 140.6 105
Kompyuter injiniringi: AT-Servis 60610504 / Matematika / Fizika 55 5 50 138.5 84.1
Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi” 60610503 / Matematika / Fizika 120 25 95 129.3 87.2
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320402 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 25 10 15 77.9 69.6
Mexatronika va robototexnika 60711500 / Fizika / Matematika 20 5 15 84.7 61.6
Pochta aloqa texnologiyasi 60611400 / Matematika / Fizika 25 10 15 95.2 72.7
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310501 / Matematika / Chet tili 20 5 15 159.4 113.8
Sun’iy intellekt 60610700 / Matematika / Fizika 20 5 15 120.7 75.6
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611001 / Matematika / Fizika 60 10 50 123.6 71.6