Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2022

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-91-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali fakultet va kafedralari:

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti

  • Telekommunikatsiya injiniringi
  • Axborot taʼlim texnologiyalari
  • Xorijiy tillar

Kompyuter injiniringi

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

  • Dasturiy injiniringi
  • Axborot xavfsizligi
  • Oʻzbek tili va gumanitar fanlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali ta'lim yo'nalishlari:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • AKT sohasida kasb ta’limi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo’yicha)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali yotoqxonasi (TTJ):

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) 60610300 25 10 15 148.8 111.5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 80 20 60 118.6 78.8
Dasturiy injiniring 60610600 30 10 20 147.6 102.8
Kompyuter injiniringi: AT-Servis 60610504 50 10 40 127.7 76.8
Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi” 60610501 160 30 130 129.8 85.2
Pochta aloqa texnologiyasi 60611400 25 10 15 81 65.4
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310502 25 10 15 142.1 103.9
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611001 30 10 20 123.5 78.6