Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2026

Toshkent davlat transport universiteti haqida umumiy ma'lumot: 

Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat transport universiteti:

Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;- Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;- Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.

Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:

transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;- qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;- oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.

Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.

Toshkent davlat transport universiteti fakultetlari:

1 Aviatsiya transporti muhandisligi
2 Avtomobil transporti muhandisligi
3 Avtomobil yoʻllari muhandisligi
4 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
5 Iqtisodiyot
6 Qurilish muhandisligi
7 Temir yoʻl transporti muhandisligi
8 Transport tizimlari boshqaruvi
9 Xalqaro ta'lim dasturlari

Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi:

Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,

Xususan:

  • Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
  • Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari
  • “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
  • Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi
  •  Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 / Matematika / Fizika 166.5 125.3
Atrof-muhit muhandisligi 60711800 / Kimyo / Biologiya 88.2 56.7
Aviatsiya muhandisligi 60711500 / Matematika / Fizika 169.9 153.4
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 / Matematika / Fizika 149.9 129.6
Barqaror transport 60711900 / Matematika / Fizika 121.3 66.3
Biznesni boshqarish 60410900 / Matematika / Chet tili 176.9 132.6
Buxgalteriya hisobi 60410200 / Matematika / Chet tili 177.8 153.9
Dasturiy injiniring 60610400 / Matematika / Fizika 160.2 144.4
Elektr muhandisligi 60710500 / Fizika / Matematika 133.7 84.4
Energetika muhandisligi 60710400 / Matematika / Fizika 144.2 134
Geodeziya va geoinformatika 60721500 / Matematika / Fizika 68.1 60.9
Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi 61040300 / Fizika / Chet tili 180.4 164.9
Havodagi harakatni boshqarish 61040100 / Fizika / Chet tili 165.9 —
Inson resurslarini boshqarish 60411000 / Matematika / Chet tili 176.3 121.1
Iqtisodiyot 60410100 / Matematika / Chet tili 183.5 163.8
Ishlab chqarish muhandisligi 60721800 / Matematika / Fizika — 62.2
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200 / Matematika / Fizika 68.4 56.7
Kosmik texnologiyalar 60711600 / Matematika / Fizika 150 115.3
Logistika 61010400 / Matematika / Chet tili 167.4 141.9
Marketing 60411200 / Matematika / Chet tili 175.8 119.8
Materialshunoslik 60720300 / Kimyo / Matematika 71.8 57
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 / Matematika / Fizika 101.7 64.3
Menejment 60410800 / Matematika / Chet tili 178.1 143.4
Metrologiya va standartlashtirish 60710800 / Matematika / Fizika 68 59
Mexanika muhandisligi 60712300 / Matematika / Fizika 112.3 67.8
Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 / Matematika / Fizika 96.2 66.5
Mexatronika va robototexnika 60711000 / Matematika / Fizika 106 64.1
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi 60730400 / Matematika / Fizika 68 59
Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarish 60730700 / Matematika / Fizika 112.6 64.5
Qurilish muhandisligi 60730300 / Matematika / Fizika 76.1 65.1
Radioelektron qurilmalar va tizimlar 60610900 / Matematika / Fizika 85.6 65
Shahar qurilishi va loyihalash 60730900 / Matematika / Fizika 128 71.7
Siyosatshunoslik 60310100 / Tarix / Chet tili 187.9 176.8
Sotsiologiya 60310400 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 145.4 78.7
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 60230204 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 185.6 176.5
Telekommunikatsiya texnologiyalari 60610600 / Matematika / Fizika 120.1 63.3
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 / Matematika / Fizika 103.6 68
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720401 / Matematika / Fizika 68.4 56.7
Transport vositalari muhandisligi 60711400 / Matematika / Fizika 133.8 84.7
Turizm va mehmondoʻstlik 61010100 / Tarix / Chet tili 177.7 171.8
Yoʻl harakatini tashkil etish 61040200 / Matematika / Fizika 149.8 135.8
Yoʻl muhandisligi 60730500 / Matematika / Fizika 76.4 60.9
Yurisprudensiya 60420100 / Huquq / Chet tili 176.6 156.7