Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2023

Toshkent davlat transport universiteti haqida umumiy ma'lumot: 

Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat transport universiteti:

Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;- Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;- Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.

Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:

transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;- qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;- oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.

Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.

Toshkent davlat transport universiteti fakultetlari:

1 Aviatsiya transporti muhandisligi
2 Avtomobil transporti muhandisligi
3 Avtomobil yoʻllari muhandisligi
4 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
5 Iqtisodiyot
6 Qurilish muhandisligi
7 Temir yoʻl transporti muhandisligi
8 Transport tizimlari boshqaruvi
9 Xalqaro ta'lim dasturlari

Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi:

Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,

Xususan:

  • Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
  • Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari
  • “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
  • Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi
  •  Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2023-2024 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Amaliy kosmik texnologiyalar 60712900 / Matematika / Fizika 25 5 20 129.5 86.8
Aviatsiya injiniringi (aviasozlik) 60712801 / Fizika / Matematika 25 7 18 147.9 112.4
Aviatsiya injiniringi (uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari) 60712802 / Fizika / Matematika 25 7 18 122.8 80.9
Avtomobil servisi 61040400 / Matematika / Fizika 25 10 15 116.5 95.6
Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 60610204 / Matematika / Fizika 25 8 17 149 118.4
Buxgalteriya hisobi va audit (avtomobil transporti) 60410101 / Matematika / Chet tili 25 2 23 149 97.9
Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l transporti) 60410104 / Matematika / Chet tili 25 3 22 158.5 107.4
Dasturiy injiniring 60610600 / Matematika / Fizika 25 5 20 149 103.8
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710403 / Kimyo / Biologiya 25 10 15 76.5 64.2
Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti) 60710602 / Matematika / Fizika 25 13 12 141.5 115.1
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 60710703 / Fizika / Matematika 25 8 17 113.6 79.9
Geodeziya va geoinformatika 60722600 / Matematika / Fizika 25 — 25 — 59.6
Havodagi harakatni boshqarish 61040200 / Fizika / Chet tili 25 5 20 120.3 82.4
Intellektual muhandislik tizimlari (avtomobil transporti) 60711601 / Fizika / Matematika 50 15 35 88.4 69
Iqtisodiyot (avtomobil transporti) 60310101 / Matematika / Chet tili 25 2 23 139.9 87.4
Iqtisodiyot (matematika iqtisodiyoti) 60310104 / Matematika / Chet tili 25 — 25 — 57.8
Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti) 60310107 / Matematika / Chet tili 25 3 22 165.1 109.3
Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo'jaligini tashkil etish va boshqarish 61010700 / Matematika / Fizika 25 5 20 98 70.5
Korporativ boshqaruv 60411600 / Matematika / Chet tili 25 5 20 128.3 64.6
Marketing (avtomobil transporti) 60412501 / Matematika / Chet tili 25 2 23 143.9 81.5
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720800 / Matematika / Fizika 25 10 15 123.9 88.4
Matematik injiniring (transport) 60540302 / Matematika / Fizika 25 — 25 — 79.2
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (temir yo‘l transporti) 60720603 / Kimyo / Matematika 25 10 15 71.9 62
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (transport) 61020203 / Matematika / Fizika 25 15 10 111.2 90.4
Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi) 60411205 / Matematika / Chet tili 25 5 20 144.8 93.8
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (avtomobil transporti va yo‘l qurilishi mashinalari) 60711301 / Fizika / Matematika 25 10 15 83.9 68
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport tizimlarida suv ta'minoti va kanalizatsiya) 60730401 / Matematika / Fizika 25 8 17 96.4 74.7
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi 60730303 / Matematika / Fizika 25 8 17 126 88.4
Radioelektron qurilmalar va tizimlar (aviatsiya transporti) 60611501 / Matematika / Fizika 25 8 17 137.3 90.6
Radoielektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti) 60611503 / Matematika / Fizika 25 7 18 130.9 95.7
Siyosatshunoslik 60310700 / Tarix / Chet tili 25 — 25 — 154.1
Sotsiologiya 60311000 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 25 — 25 — 68.5
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 60230202 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 25 — 25 — 141
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 60711405 / Fizika / Matematika 25 13 12 115.7 80.2
Texnologik masinalar va jihozlar (temir yo‘l transporti) 60720706 / Matematika / Fizika 25 5 20 137.2 93.5
Transport logistikasi (avtomobil transporti) 61040101 / Matematika / Fizika 25 8 17 160.4 123.3
Transport logistikasi (temir yo‘l transporti) 61040102 / Matematika / Fizika 25 8 17 165.7 133.1
Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti 60712504 / Matematika / Fizika 25 9 16 124.7 89.8
Transport vositalari muhandisligi: elektr transporti 60712510 / Matematika / Fizika 25 11 14 120.5 95.5
Transport vositalari muhandisligi: elektromobil transporti 60712511 / Matematika / Fizika 25 9 16 125.2 88.1
Transport vositalari muhandisligi: ixtisoslashtirilgan transport vositalari 60712506 / Matematika / Fizika 25 9 16 107.9 72.6
Transport vositalari muhandisligi: ko‘tarish-tashish, yo‘l va qurilish mashinalari 60712507 / Matematika / Fizika 50 17 33 102.8 71.5
Transport vositalari muhandisligi: lokomotivlar 60712508 / Matematika / Fizika 25 12 13 143.7 116.5
Transport vositalari muhandisligi: metropoliten 60712509 / Matematika / Fizika 25 11 14 126.6 94.3
Transport vositalari muhandisligi: vagonlar 60712505 / Matematika / Fizika 25 12 13 127.8 108.3
Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 60713201 / Matematika / Fizika 50 24 26 152.1 124.5
Yo‘l harakatini tashkil etish 61040300 / Matematika / Fizika 25 8 17 141 110.1
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi 60730803 / Matematika / Fizika 25 12 13 113.3 95.9
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llaridagi sun'iy inshootlar 60730804 / Matematika / Fizika 50 19 31 95.9 76.7
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft konstruktsiyalash 60730805 / Matematika / Fizika 25 10 15 108.1 72.4
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini loyihalash 60730807 / Matematika / Fizika 25 10 15 122.9 84.3
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini qurish 60730806 / Matematika / Fizika 25 12 13 116.5 87.1
Yo‘l muhandisligi: ko‘priklar va tonellar 60730808 / Matematika / Fizika 25 10 15 104.8 76.6
Yo‘l muhandisligi: shahar yo‘llari va ko‘chalar 60730811 / Matematika / Fizika 50 18 32 102.6 78.9
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l ekspluatatsiyasi 60730810 / Matematika / Fizika 25 12 13 130 106.8
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l qurilishi 60730809 / Matematika / Fizika 25 11 14 116.5 92.4
Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi) 60420104 / Huquq / Chet tili 25 3 22 180.2 165.8