Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2021

Toshkent davlat transport universiteti haqida umumiy ma'lumot: 

Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat transport universiteti:

Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;- Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;- Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.

Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:

transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;- qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;- oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.

Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.

Toshkent davlat transport universiteti fakultetlari:

1 Aviatsiya transporti muhandisligi
2 Avtomobil transporti muhandisligi
3 Avtomobil yoʻllari muhandisligi
4 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
5 Iqtisodiyot
6 Qurilish muhandisligi
7 Temir yoʻl transporti muhandisligi
8 Transport tizimlari boshqaruvi
9 Xalqaro ta'lim dasturlari

Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi:

Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,

Xususan:

  • Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
  • Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari
  • “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
  • Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi
  •  Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2021-2022 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Amaliy kosmik texnologiyalar 5314100 / Matematika / Fizika 25 5 20 139.65 76.65
Aviatsiya injiniringi 5314000 / Matematika / Fizika 50 13 37 158.55 121.8
Avtomobil servisi 5620600 / Matematika / Fizika 50 20 30 123.9 95.55
Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 5330202 / Matematika / Fizika 50 15 35 152.25 107.1
Bino va inshootlar qurilishi (transport binolari) 5340202 / Matematika / Fizika 25 8 17 133.35 111.3
Buxgalteriya hisobi va audit (avtomobil transporti) 5230903 / Matematika / Chet tili 25 2 23 164.85 110.25
Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l transporti) 5230902 / Matematika / Chet tili 25 3 22 165.9 128.1
Dasturiy injiniring 5330600 / Matematika / Fizika 25 5 20 157.5 87.15
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (avtomobil transporti) 5630103 / Kimyo / Biologiya 25 10 15 109.2 95.55
Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti) 5310202 / Matematika / Fizika 50 18 32 139.65 102.9
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 5310701 / Fizika / Matematika 25 8 17 143.85 100.8
Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi 5310400 / Matematika / Fizika 25 2 23 160.65 100.8
Intellektual muhandislik tizimlari (avtomobil transporti) 5312701 / Fizika / Matematika 50 15 35 117.6 82.95
Iqtisodiyot (avtomobil transporti) 5230105 / Matematika / Chet tili 25 2 23 168 92.4
Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti) 5230104 / Matematika / Chet tili 25 3 22 171.15 124.95
Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo`jaligini tashkil etish va boshqarish 5341300 / Matematika / Fizika 25 5 20 90.3 65.1
Korporativ boshqaruv 5231900 / Matematika / Chet tili 25 5 20 141.75 85.05
Marketing (avtomobil transporti) 5230407 / Matematika / Chet tili 25 3 22 148.05 88.2
Marketing (temir yo‘l transporti) 5230406 / Matematika / Chet tili 25 2 23 143.85 85.05
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 5320200 / Matematika / Fizika 25 10 15 134.4 106.05
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (temir yo‘l transporti) 5320102 / Kimyo / Matematika 50 10 40 98.7 68.25
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (transport) 5640202 / Matematika / Fizika 50 15 35 120.75 87.15
Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi) 5230215 / Matematika / Chet tili 25 5 20 145.95 109.2
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (avtomobil transporti) 5310902 / Fizika / Matematika 25 10 15 102.9 72.45
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport tizimlarida suv ta`minoti va kanalizatsiya) 5340401 / Matematika / Fizika 25 8 17 101.85 80.85
Radoielektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti) 5350701 / Matematika / Fizika 25 8 17 126 96.6
Raqamli iqtisodiyot (transport) 5234101 / Matematika / Chet tili 25 10 15 151.2 97.65
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 5311003 / Fizika / Matematika 50 18 32 133.35 99.75
Texnologik masinalar va jihozlar (temir yo‘l transporti) 5320301 / Matematika / Fizika 25 5 20 113.4 79.8
Transport logistikasi (avtomobil transporti) 5620101 / Matematika / Fizika 25 8 17 170.1 138.6
Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti 5310601 / Matematika / Fizika 25 8 17 141.75 101.85
Transport vositalari muhandisligi: elektr transporti 5310607 / Matematika / Fizika 25 9 16 119.7 77.7
Transport vositalari muhandisligi: elektromobil transporti 5310604 / Matematika / Fizika 25 9 16 130.2 81.9
Transport vositalari muhandisligi: ixtisoslashtirilgan transport vositalari 5310603 / Matematika / Fizika 25 9 16 101.85 68.25
Transport vositalari muhandisligi: ko‘tarish-tashish, yo‘l va qurilish mashinalari 5310602 / Matematika / Fizika 50 18 32 75.6 64.05
Transport vositalari muhandisligi: lokomotivlar 5310605 / Matematika / Fizika 50 18 32 137.55 108.15
Transport vositalari muhandisligi: metropoliten 5310608 / Matematika / Fizika 25 9 16 124.95 78.75
Transport vositalari muhandisligi: vagonlar 5310606 / Matematika / Fizika 50 18 32 114.45 72.45
Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 5620701 / Matematika / Fizika 75 27 48 152.25 117.6
Yo‘l harakatini tashkil etish 5620400 / Matematika / Fizika 25 8 17 136.5 113.4
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi 5340606 / Matematika / Fizika 50 18 32 127.05 82.95
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llaridagi sun`iy inshootlar 5340608 / Matematika / Fizika 25 9 16 90.3 61.95
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft konstruktsiyalash 5340609 / Matematika / Fizika 25 9 16 100.8 72.45
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini loyihalash 5340604 / Matematika / Fizika 25 9 16 133.35 92.4
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini qurish 5340605 / Matematika / Fizika 50 18 32 111.3 79.8
Yo‘l muhandisligi: ko‘priklar va tonellar 5340603 / Matematika / Fizika 25 9 16 108.15 71.4
Yo‘l muhandisligi: shahar yo‘llari va ko‘chalar 5340607 / Matematika / Fizika 50 18 32 88.2 68.25
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l ekspluatatsiyasi 5340602 / Matematika / Fizika 50 18 32 129.15 98.7
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l qurilishi 5340601 / Matematika / Fizika 25 9 16 128.1 93.45
Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi) 5240109 / Tarix / Chet tili 25 5 20 180.6 161.7