Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2022

Toshkent davlat transport universiteti haqida umumiy ma'lumot: 

Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat transport universiteti:

Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;- Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;- Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.

Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:

transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;- qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;- oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.

Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.

Toshkent davlat transport universiteti fakultetlari:

1 Aviatsiya transporti muhandisligi
2 Avtomobil transporti muhandisligi
3 Avtomobil yoʻllari muhandisligi
4 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
5 Iqtisodiyot
6 Qurilish muhandisligi
7 Temir yoʻl transporti muhandisligi
8 Transport tizimlari boshqaruvi
9 Xalqaro ta'lim dasturlari

Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi:

Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,

Xususan:

  • Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
  • Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari
  • “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
  • Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi
  •  Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Toshkent davlat transport universiteti kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Amaliy kosmik texnologiyalar 60712900 25 5 20 132.1 79.8
Aviatsiya injiniringi (aviasozlik) 60712803 25 6 19 143.7 92.8
Aviatsiya injiniringi (uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari) 60712802 25 8 17 112.5 66.5
Avtomobil servisi 61040400 50 20 30 114.3 80
Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 60610201 25 8 17 152.2 111
Buxgalteriya hisobi va audit (avtomobil transporti) 60410101 25 2 23 145.3 95.4
Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l transporti) 60410102 25 3 22 172 103.2
Dasturiy injiniring 60610600 25 5 20 150.9 102.9
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (avtomobil transporti) 60710401 25 10 15 112.7 102.6
Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti) 60710601 50 18 32 139.5 104
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti) 60710701 25 8 17 101.9 69.7
Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi 60712600 25 3 22 167.9 100.9
Havodagi harakatni boshqarish 61040200 25 5 20 157.2 79.8
Intellektual muhandislik tizimlari (avtomobil transporti) 60711601 50 15 35 76.5 56.9
Iqtisodiyot (avtomobil transporti) 60310101 25 2 23 160.5 99.7
Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti) 60310102 25 3 22 174.2 115.8
Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo'jaligini tashkil etish va boshqarish 61010700 25 5 20 100.2 75.6
Korporativ boshqaruv 60411600 25 5 20 160.6 104.3
Marketing (avtomobil transporti) 60412501 25 3 22 156.5 105.5
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720800 25 10 15 129.7 91.6
Matematik injiniring (transport) 60540301 25 — 25 — 70.3
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (temir yo‘l transporti) 60720602 50 10 40 75.9 60
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (transport) 61020203 50 15 35 104.9 69.6
Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi) 60411213 25 5 20 151.4 102.7
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (avtomobil transporti va yo‘l qurilishi mashinalari) 60711302 25 10 15 79.9 63.3
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport tizimlarida suv ta'minoti va kanalizatsiya) 60730401 25 8 17 77.1 60.3
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi 60730305 25 8 17 127.8 76.9
Radioelektron qurilmalar va tizimlar (aviatsiya transporti) 60611502 25 8 17 138.3 91.4
Radoielektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti) 60611501 25 8 17 123.5 90.1
Siyosatshunoslik 60310700 25 — 25 — 131.3
Sotsiologiya 60311000 25 — 25 — 64.2
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 60230203 25 — 25 — 148.4
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 60711403 50 18 32 99.8 65.2
Texnologik masinalar va jihozlar (temir yo‘l transporti) 60720702 25 5 20 128 92.4
Transport logistikasi (avtomobil transporti) 61040102 25 8 17 166.7 129.1
Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti 60712508 25 8 17 139.4 93.5
Transport vositalari muhandisligi: elektr transporti 60712504 25 9 16 118.6 87.1
Transport vositalari muhandisligi: elektromobil transporti 60712509 25 9 16 134.3 90.3
Transport vositalari muhandisligi: ixtisoslashtirilgan transport vositalari 60712506 25 9 16 114.1 87.1
Transport vositalari muhandisligi: ko‘tarish-tashish, yo‘l va qurilish mashinalari 60712505 50 18 32 102.7 83.1
Transport vositalari muhandisligi: lokomotivlar 60712501 50 18 32 138.7 107.8
Transport vositalari muhandisligi: metropoliten 60712502 25 9 16 120.6 94.6
Transport vositalari muhandisligi: vagonlar 60712507 50 18 32 122.4 92.6
Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yo‘l transporti) 60713200 75 27 48 152.1 120.1
Yo‘l harakatini tashkil etish 61040300 25 8 17 139.4 108.1
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi 60730807 50 18 32 116.2 85.1
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llaridagi sun'iy inshootlar 60730810 50 17 33 94.3 73.4
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft konstruktsiyalash 60730805 25 9 16 105 70.2
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini loyihalash 60730802 25 9 16 129.9 91.6
Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini qurish 60730809 50 18 32 114.2 79
Yo‘l muhandisligi: ko‘priklar va tonellar 60730801 25 9 16 100.1 75.5
Yo‘l muhandisligi: shahar yo‘llari va ko‘chalar 60730806 50 18 32 97.7 77.8
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l ekspluatatsiyasi 60730803 50 18 32 126.8 93.8
Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l qurilishi 60730808 25 9 16 122.7 91.4
Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi) 60420111 25 3 22 184.6 165.8