2024-yilda 35,9 ming o‘zbekistonlik chet elda o‘qishga ketgan
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida chet elga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Eng ko‘p tanlangan davlatlar:
- Tojikiston – 12,8 ming nafar fuqaro.
- Rossiya Federasiyasi – 8,6 ming nafar.
- Qirg‘iz Respublikasi – deyarli 4 ming nafar.
- Turkiya – 2,7 ming nafar.
- Koreya Respublikasi – 2,1 ming nafar.
- Qozog‘iston – 1,6 ming nafar.
- Buyuk Britaniya – 792 nafar.
- Xitoy – 767 nafar.
- AQSH – 576 nafar.
- Birlashgan Arab Amirliklari – 390 nafar.
Qolgan davlatlar
Boshqa davlatlarga jami 1,6 ming nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish uchun borgan.