2025-yilgi testda qatnashish to‘lovi 187 500 so‘m etib belgilandi

➡️ BATAFSIL
2025-yilda testda qatnashish uchun to‘lov miqdori yangilandi
2025-yilgi oliy ta’limga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun belgilangan to‘lov miqdori 187 500 so‘m etib belgilandi. Bu miqdor Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 foizi asosida hisoblangan.
O‘tgan yilda BHM 340 000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 375 000 so‘mga yetkazildi. Shu sababli testda qatnashish to‘lovi ham 170 000 so‘mdan 187 500 so‘mga oshdi.
Kimlar test to‘lovidan ozod etiladi?
Quyidagi abituriyentlar belgilangan 187 500 so‘mlik to‘lovdan ozod qilinadi:
• Joriy yilda maktab, litsey yoki kollejni tamomlayotgan bitiruvchilar • 1-, 2- yoki 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar • Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari • Bolalar shaharchasining bitiruvchilari • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatga olinganlar va ularning farzandlari • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan yoshlar
Yuqoridagi imtiyozli toifalarga kirmagan abituriyentlar va o‘qishini boshqa OTMga ko‘chirishni istaganlar (perevodchilar) test sinovida qatnashish uchun 187 500 so‘m to‘lovni amalga oshirishlari shart.