Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirish mumkinmi?

14-oktabr 16:43
Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirish mumkinmi?

Savol: Akam maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi va toifa uchun to‘lovni amalga oshirgan. Lekin to‘ylari 6-7-noyabr kunlariga to‘g‘ri keldi. Shu sababli, test sinovini boshqa kunga ko‘chirish yoki to‘lovni qaytarib olish mumkinmi?

Javob: Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi. Mazkur nizomning 45-bandiga ko‘ra, pedagog xodimlar uzrli sabab bilan test sinovlariga kelolmagan taqdirda, sinov boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Uzrli sabablar sifatida quyidagilar ko‘riladi:

  • Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
  • Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
  • Respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
  • Yaqin qarindoshining vafoti;
  • Xorijiy safarda bo‘lganligi;
  • Vakolatli organlar yoki ta’lim tashkiloti rahbariyatining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa sabablar.

Shu sababli, pedagog xodimning to‘y marosimi uzrli sabab sifatida baholanib, maktab direktorining tegishli ma’lumotnomasi asosida test sinovi boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin. Uzrli sabab bilan malaka sinoviga kelmaganlar uchun test sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan kunda o‘tkaziladi.

Yig‘im takroran undirilmaydi, ya’ni test sinovi ko‘chirilganda yana to‘lov qilish talab etilmaydi.