Insholar tanlovi: maktab o‘quvchilari uchun $25 dan $5000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
9.09.2021 23:23

Maqsad qoʻyish va yangi orzularni amalga oshirish uchun hech qachon kech emas– Registon o‘quv markazi
Dunyo bo‘ylab maktabning so‘nggi bosqichida o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun mashhur yozuvchi Ayn Rendning THE FOUNTAINHEAD asari asosidagi mavzulardan biriga insho (essay) yozib, $5000gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati mavjud. Kitobning elektron variantini (bepul) 24 soat ichida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz, SHU MANZILga murojaat qiling.
Yutuqlar:
- 1-oʻrin (1 nafar) – $5000;
- 2-oʻrin (3 nafar) – $1250 ;
- 3-oʻrin (5 nafar) – $250;
- Finalistlar (25 nafar) – $100 ;
- Yarim-finalistlar (50 nafar) – $25 .
Esse mavzulari haqida batafsil SHU YERDA.
- Nomzodlar 13 yoshdan yuqori va maktabning 8-12-sinflarida (yoki ekvivalent) o‘qiyotgan bo‘lishi shart;
- Nomzod Ayn Rand oliygohidagi xodimning qarindoshi bo‘lmasligi kerak;
- Insho ingliz tilida yozilgan bo‘lishi va 800-1600 so‘z atrofida bo‘lishi lozim;
- Insho faqatgina o‘quvchi tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak, plagiat ishlar qabul qilinmaydi.
- Har bir ishtirokchi bir marta qatnasha oladi.
Insho va qatnashish shartlari haqida batafsil SHU YERDA.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun SHU YERGA kiring.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: essays@aynrand.org
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan barcha maktab darsliklarining PDF elektron variantini yuklab oling
15.03.2023 23:49
The Prix virginia 2022 foto tanlov- bosh mukofot 10.000 €
02.05.2022 14:11