Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Global Health Law and Governance: Singapur hukumati hamkorlik dasturi bo‘yicha onlayn kurs

28.08.2021 22:40
Global Health Law and Governance: Singapur hukumati hamkorlik dasturi bo‘yicha onlayn kurs

Muddati:

06.09.2021

Davlat:

Singapur

Rasmiy havola:

scp.gov.sg

Grant turi:

Tanlovlar

Singapur Respublikasi joriy yilning 4 – 8 oktyabr kunlari “Global miqiyosdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik va boshqaruv ”( Global health law and governance) mavzusida Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida tashkil etiladigan qisqa muddatli onlayn o‘quv kursiga taklif etadi. Ushbu kursda ishtrok etish uchun nomzodlar 2021 - yilning 6- sentabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Bu kurs asosan vaksinatsiyalash jarayonida qoidalarning ahamiyatliligiga e’tibor qaratish hamda global sog‘liqni saqlash qonunchiligi va boshqaruvi bu muommolarni qanday hal qilishni ko‘rsatib berishga asoslangan. Qaysi davlat fuqorolari hujjat topshirishi mumkinligini bu yerdan biling (O‘zbekiston ham mavjud);

Kurs yo‘nalishlari :

  • Yuqumli kasalliklar hamda pandemiyani boshqarish;
  • Dorilar bilan ishlash hamda vaksinatsiyalash jarayoni;
  • Xalqaro savdo/investitsiya va sog‘liqni saqlash;
  • Oziq - ovqat xavfsizligi;

Dastur davomiyligi:

  • Kurs 4-8 oktabr oralig‘ida 5 kun mobaynida bo‘ladi;
  • Har kuni 4 soat davomiylik bilan ya’ni 13:30 dan 17:30 (Singapur vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi;
  • Kurs jonli muloqot tarizda onlayn rejimda bo‘lib o‘tadi hamda qatnashchilar kamida 66% darslarga qatnashishi lozim maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishlari uchun;

Kerakli Hujjatlar:

  • Passport nusxasi (jpeg, jpg, png, bmp, gif formatlarida 150 KB hajimdan oshlasligi lozim);
  • Cv;
  • Amaliyotchi rahbaringgiz yoki biror ma’sul o‘qituvchinngiz eletron pochta manzili(Email);
  • Kurs uchun imkoni boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting joylar soni cheklangan;

Batafsil qabul shartlari bilan bu yerda tanishishinggiz mumkin!