Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonini e’lon qildi. Qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
Mazkur magistratura yo‘nalishiga quyidagi talabgorlar qabul qilinadi:
- surishtiruv va tergov organlari xodimlari;
- prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar;
- harbiy xizmatchilar;
- kamida 3 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar;
- “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlar.
O‘qish bepul bo‘ladi
“Tergov faoliyati” magistratura mutaxassisligida ta’lim bepul asosda tashkil etiladi. Shuningdek, o‘qishga qabul qilingan xodimlarning:
- egallab turgan lavozimi;
- o‘rtacha oylik ish haqi
o‘qish davrida saqlab qolinadi.
Hujjat topshirish muddati
Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 10-maydan 10-iyungacha qabul qilinadi. Arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining elektron platformasi orqali yuboriladi:
Kirish imtihonlari qanday o‘tadi?
Magistraturaga kirish sinovlari avgust oyida uch bosqichda tashkil etiladi:
- Maxsus psixologik test
- Yozma imtihon (esse)
- Chet tili bo‘yicha test sinovi
Boshqa magistratura yo‘nalishlari ham ochildi
Akademiyaning quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham qabul e’lon qilingan:
- “Prokurorlik faoliyati”
- “Korruptsiyaga qarshi kurashish”
- “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq”
- “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash”
Ushbu yo‘nalishlarga hujjatlar 2026-yil 10-iyundan 31-iyulgacha qabul qilinadi.