Kimlar kasbiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod qilinadi?
21.08.2024 00:49
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yil 87-son) qarori bilan quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod etiladi:
- Homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
- Uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
- Uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ilmiy ish qiluvchilarga 6 oygacha ijodiy ta’til beriladi
11-aprel 12:06
Avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?
22-avgust 09:17