Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimlar kirish imtihoni uchun to‘lov qilmaydi? To‘liq ro‘yxat

03-may 16:25
Kimlar kirish imtihoni uchun to‘lov qilmaydi? To‘liq ro‘yxat

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni uchun belgilangan to‘lov miqdori bu yil 170 ming so‘mni tashkil qiladi. Biroq barcha abituriyentlar ushbu to‘lovni amalga oshirishi shart emas. To‘lovdan ozod etilgan abituriyentlar toifasi rasmiy hujjatlarda aniq belgilab qo‘yilgan.

Quyida to‘lov qilmaydigan abituriyentlar ro‘yxati bilan tanishing:

1. Shu yili maktabni tugatgan bitiruvchilar Imtihon topshirilayotgan yilning o‘zida maktabni bitirayotgan abituriyentlar to‘lovdan ozod qilinadi.

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar Nogironlik holati tasdiqlangan abituriyentlar uchun imtihon to‘lovi talab etilmaydi.

3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari Davlat homiyligidagi mehribonlik uylari bolalari imtihon to‘lovidan ozod.

4. Bolalar shaharchasi bitiruvchilari O‘zbekistondagi bolalar shaharchalarida tarbiyalangan abituriyentlar ham to‘lovsiz imtihonda ishtirok etadi.

5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turgan shaxslar va ularning farzandlari Mazkur tizimda ro‘yxatda bo‘lgan fuqarolar hamda ularning farzandlari to‘lovsiz qatnashadi.

6. “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlar Mazkur ijtimoiy loyiha doirasida ro‘yxatda turgan yoshlar ham 170 ming so‘mlik to‘lovdan ozod qilinadi.

Bu imtiyozlar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilib, ularning ta’lim olish huquqi kengaytirilmoqda.