Litsenziya olish tartibi o‘zgaryapti: o‘qituvchilarni oldindan ishga olish shart emas!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Litsenziya olish uchun yangi tartib joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022-yildagi 80-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Quyidagi muhim bandlar yangi tartib sifatida belgilangan:
-
O‘qituvchilarni ishga olish tartibi bekor qilinmoqda:Litsenziya olgan nodavlat ta’lim tashkiloti bir oy muddat ichida ta’lim tashkiloti, o‘quvchilar va pedagoglar haqidagi barcha ma’lumotlarni davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritishi lozim. Ushbu ma’lumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi.
-
Axborot tizimlariga integratsiya qilish majburiyati:Oliy ta’lim tashkilotlari o‘z o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarini boshqaruvchi axborot tizimiga ega bo‘lishlari shart. Shuningdek, bu tizim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar asosida HEMIS tizimiga integratsiya qilinishi kerak.
Bu o‘zgarishlar xususiy ta’lim sektorini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Ilgari, Yuridik fanlari doktori Axtam Yakubov Prezident bilan bo‘lgan uchrashuvda xususiy maktab ochish uchun litsenziya olishdan oldin o‘qituvchilarni ishga olish shartini bekor qilish taklifini bergan edi. Mazkur taklif Prezident tomonidan ma’qullangan va qaror shaklida rasmiylashtirilmoqda.