Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

26-mart 18:13
Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Konsaltinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma’lumotlarini tekshirishingiz mumkin.

Eng afzal yo‘li license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo‘limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.