Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

31-avgust 11:59
Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh yopilib ketsa ham muammo emas – agarda nodavlat oliygohning litsenziyasi to‘xtatilsa, hukumat talabalarni davlat yoki boshqa nodavlat oliygohlarga o‘qishi ko‘chirilishini kafolatlaydi, ya’ni sizda yo‘qotish mavjud emas.

Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi o‘zi?

Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi. Bundan tashqari ta’lim davrida davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.

Xususiyda o‘qigan deb ishga olmay, qaytarib yuboradimi?

Davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar davlat namunasida va bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Quyidagi havolada nodavlat Qo‘qon universiteti tomonidan berilgan diplom na’munasini ko‘rishingiz mumkin.