Oliy ta’lim vazirligi: talabalarga forma majburiy emas

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar uchun yagona forma joriy etilishi haqidagi tarqalgan xabarlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy bayonotida bu kabi amaliyot joriy etilmasligi ta’kidlandi.
Rasmiy izohda nima deyilgan?
-
Avvalroq oliygohlar uchun noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqilishi haqida ma’lumot berilgan edi.
-
Unda logotip tushirilgan maxsus kiyim, suvenirlar va brendlashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan edi.
-
Biroq bu talabalarga majburiy forma joriy etiladi, degan ma’noni anglatmaydi.
Vazirlik pozitsiyasi qanday?
-
Talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari himoyalanadi.
-
Hech bir talabaga yagona kiyim shakli (forma) majburiy tarzda taqdim etilmaydi.
-
Imij va brend konsepsiyasi faqat oliygoh imidjini mustahkamlash, tanishuvni osonlashtirish va rasmiylikni oshirishga xizmat qiladi