Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Respublika "Yoshlar onlayn fan olimpiadasi" g‘oliblari taqdirlandi

14.06.2021 06:34
Talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Respublika

OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan 2021-yil 13-iyun kuni iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlar intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida "Yoshlar onlayn fan olimpiadasi" tashkil etildi.

Ushbu olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarga barcha yoshlarning qiziqishlarini inobatga olib, zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda, yoshlar huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida xizmat qilish maqsadida Ingliz tili (Elementary, Intermediate, Advanced darajalarda), Huquq (Konstitutsiyaviy huquq), Kompyuter bilimlari (Kompyuter umumiy savodxonligi) va IQ (Mantiqiy savollar) fanlaridan imtihon savollari berildi. Ishtirokchilarning har biriga 60 tadan savol taqdim etilib, savollarga javoblarni belgilash uchun 1 soat vaqt berildi.

Olimpiadada Respublikamizning turli burchaklaridan jami 1200 dan ziyod iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi hamda g‘oliblik uchun kurashishdi.

Ishtirok etgan nomzodlar orasidan eng kuchlilar saralandi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarimiz pul mukofotlari va maxsus QR-kodli DIPLOMLAR bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: Erkinov Akbarshox
Xorazm viloyatidan, Toshkent Moliya instituti talabasi

2-o‘rin: Rahmatov Baxtiyor
Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti talabasi

3-o‘rin: Axmedov Mirjalol
Samarqand viloyatidan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistranti

Olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar topshirildi.

OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan tashkil etilgan ushbu olimpiadaning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlar intellektual salohiyatni yanada rivojlantirish hisoblanadi.

Ushbu olimpiada OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan tashkil etilgan 1-olimpiada bo‘lib, keyingi bo‘lib o‘tadigan olimpiadalar ONLINE va OFFLINE shaklda katta masshtabda o‘zgacha ruhda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

OLIYGOH.UZ jamoasi barchaga omad va zafarlar tilaydi!