Respublika miqyosida "Yoshlar onlayn fan olimpiadasi" da ishtirok eting. G‘oliblar pul mukofotlari, maxsus QR kodli diplomlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan 13-iyun kuni Respublika miqyosida Yoshlar o‘rtasida onlayn tarzda Fan olimpiadasi tashkil etilmoqda! Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va pul mukofoti hamda maxsus QR kodli diplomlarga ega bo‘ling.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan Respublika miqyosida "Yoshlar onlayn fan olimpiadasi" tashkil etilmoqda.
G‘oliblar pul mukofotlari, maxsus QR kodli diplom va sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin, shuningdek ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish.
- Olimpiadada qatnashishni istagida bo‘lgan yoshlar OLIYGOH.UZ sayti orqali 13-iyun kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tadilar. Ro‘yxatdan o‘tish "Shaxsiy kabinet" ochish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlar to‘ldirilayotganda ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat bering. Olimpiadada ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga kod jo‘natiladi.
- Ro‘yxatdan o‘tish OLIYGOH.UZ sayti orqali amalga oshiriladi
Test va topshiriqlarni bajarish.
- Fanlardan test topshiriqlari 60 ta savoldan iborat va test savollarini ishlash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Har bir savolga bir daqiqadan vaqt ajratiladi
Olimpiada savollari qaysi fanlardan tuziladi?
- OLIYGOH.UZ jamoasi barcha yoshlarning qiziqishlarini inobatga olib hamda zamon bilan hamnafas bo‘lish maqsadini ko‘zlab shuningdek huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida xizmat qilish istagida Respublika Yoshlar fan olimpiadasini quyidagi fanlar asosida bo‘lishini ma’lum qiladi:
- Ingliz tili (Elementary, Intermediate, Advanced darajalarda). Savollar soni - 15 ta
- Huquq (Konstitutsiyaviy huquq). Savollar soni - 15 ta
- Kompyuter bilimlari (Kompyuter umumiy savodxonligi). Savollar soni - 15 ta
- IQ (Mantiqiy savollar). Savollar soni - 15 ta
Olimpiada test shaklida bo‘lib o‘tadi. Umumiy savollar soni - 60 tani tashkil etadi.
Olimpiada ishtirokchilari
Avvalo ushbu olimpiada talabalar uchun mo‘ljallangan. Agar siz talaba bo‘lmasangiz (o‘quvchi, abituriyent yoki istalgan qiziquvchi) bu muammo emas. Ushbu olimpiadada ishtirok etish imkoniyatingiz bor
Ajratilgan vaqt
- Fanlardan onlayn test topshirish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Olimpiada soat 19:00 da boshlanadi va 20:00 da hamma uchun yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida nomzodlar olimpiadada ishtirok etishlari talab etiladi.
Olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish
- Olimpiadada qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga 1, 2, 3-darajali maxsus QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadilar va ularga diplomlar onlayn taqdim etiladi
- Olimpiada g‘oliblari umumiy 1.5 mln (bir million besh yuz ming) so‘m miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi:
- O‘ringa – 700 ming so‘m
- O‘ringa – 500 ming so‘m
- O‘ringa – 300 ming so‘m
*Agar bir o‘rinni bir necha nomzod egallasi, pul mukofoti nomzodlar orasida teng taqsimlanadi.
Olimpiadada ishtirok etgan barcha nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar topshiriladi.
OLIYGOH.UZ jamoasi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!
Ma’lumot uchun: Olimpiada bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozing. Olimpiada yangiliklarini rasmiy telegram kanalimizda kuzatib boring.