O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgor tavsiyanomasi bu yil ham amal qilmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul uchun amal qilishi belgilangan.
O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘g‘iloy O‘rozova ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul uchun amal qilishi belgilangan. Shunga muvofiq, o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi.
Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami o‘zgarmaydi. O‘tgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi o‘zgargan yoki pasporti almashgan bo‘lsa ham oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shilishi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanishi belgilangan. Shunga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha mehnat staji hisoblanayotganda tavsiyanoma olish istagida bo‘lgan talabgor ayollar bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lsa, ushbu davr ish stajiga qo‘shiladi.