Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xususiy universitetlarda sirtqilarga qabul to‘xtaganmi?

25-avgust 14:55
Xususiy universitetlarda sirtqilarga qabul to‘xtaganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqiga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Lekin ped sohasidagi hamma sirtqi yo‘nalishlar ham yopilgani yo‘q. Bu yo‘nalishdagi qabulni 3 ga bo‘lib eslab qolish mumkin.

  1. Suratdagi ro‘yxatda mavjud 14 ta yo‘nalishga sirtqi qabul butunlay to‘xtagan. Davlatnikida ham, xususiy OTMlarda ham.
  2. Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj bilan hujjat topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tasdiqlangan. Bular:
    • boshlang‘ich ta’lim;
    • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
    • musiqa ta’limi;
    • jismoniy madaniyat;
    • texnologik ta’lim.

3. Boshqa barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo‘nalishlarni to‘liqligicha sirtqi ta’lim kvotasidan ko‘rish mumkin.

Masalan, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan tarix, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya kabi yo‘nalishlar uchun davlat OTMlariga kvota ajratilgan. Demak, xususiy OTMlarda ham shu yo‘nalishning sirtqisida bemalol o‘qish mumkin.