Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Personal Narrative Writing Contest: O‘z shaxsiy hikoyanggizni yozing va New York Times jurnalida chop ettiring

19.09.2021 22:19
Personal Narrative Writing Contest: O‘z shaxsiy hikoyanggizni yozing va New York Times jurnalida chop ettiring

Muddati:

17.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.nytimes.com

Grant turi:

Tanlovlar

Personal Narrative Essay: AQSHning eng mashhur jurnallaridan biri New York Times jurnali tomonidan 11-19 yoshdagi o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun maximal 600 so‘zdan iborat bo‘lgan mazmunli hayotiy tajriba va voqelikka asoslangan qisqacha hikoyalar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov uchun hikoyalar 2021-yilning 13-oktabridan 17-noyabrigacha muddat orasida qabul qilinadi.

Hikoya uchun qo‘yilgan talablar:

  • Ushbu tanlov uchun sizni mazmunli hayotiy tajriba haqida shaxsiy hikoyangizni yozishinggiz kerak;
  • Ushbu hikoya ma’lum bir mavzuga yoki ma’lum bir tuzilish yoki uslubiyatni talab etmaydi, lekin sizning hayotingizdagi ma’lum bir lahza yoki voqea haqida qisqa, kuchli hikoyalar qabul qilinadi;
  • Sarlavhani hisobga olmaganda, 600 so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak.

  • Har bir qatnashchi faqat bitta ariza yuborishga haqli;

Tanlov uchun hikoyalar 2021-yil 13-oktabrdan qabul qilinishni boshlaydi, va ushbu kuni hikoya joylash bo‘limi ochiladi va o‘sha yerga o‘z hikoyanggizni 17-noyabrga yuklashinggiz mumkin bo‘ladi.

Eslatma: FAQ ko‘p beriladigan savollar bilan bu yerda tanishing, hamda tanlov haqida batafsil bu yerda tanishing.