Respublikadagi 22 ta sanatoriy turdagi maktab-internatlari umumta’lim maktablariga aylantiriladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Respublikadagi 22 ta sanatoriy turdagi maktab-internatlari umumta’lim maktablariga aylantiriladi
“Xalq ta’lim info” manbalariga tayanib xabar berishicha, 22 ta sanatoriy turdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari umumta’lim maktablariga aylantirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy Agentligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan maktablar inventarizatsiyadan o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 22 ta sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda bir qator kamchiliklar topilgan. Shuning uchun ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini umumta’lim maktablariga aylantirish taklifi berilgan.
Bunda:
- 4 mingdan ortiq bolalar uchun har bir umumta’lim muassasalarida 166 ta “kuni uzaytirilgan guruhlar”ni tashkil etish hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlari, yetim va qarindoshlari bilan vaqtincha yashaydigan bolalar uchun bepul ovqatlanish xizmatini saqlab qolish;
- Inklyuziv sinflar tashkil qilish va alohida maxsus sharoitlarda o‘qitishni talab etiladigan 42 nafar bolalarni mazkur inklyuziv sinflarga jalb etish;
- Ushbu sinflarga ajratiladigan tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar)ni sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning umumta’lim maktablariga aylantirilishi natijasida bo‘shaydigan shtatlar hisobiga to‘ldirish;
- Respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, bolaning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining inklyuziv sinflarida ishni davom ettirish takliflari bildirilgan.
2024-yil 1-avgustgacha ushbu maktab-internatlarni umumta’lim maktablariga aylantirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri buyrug‘i tasdiqlanib, axborot Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.