Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

TalabaExpo-2025: yosh mutaxassislar uchun ish, kredit va karyera imkoniyatlari

20-may 16:49
TalabaExpo-2025: yosh mutaxassislar uchun ish, kredit va karyera imkoniyatlari

O‘zbekiston Milliy banki barcha yosh mutaxassislarni “TalabaExpo-2025” kasb yarmarkasida ishtirok etishga taklif qiladi. Tadbir 2025-yil 21–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” (Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4) manzilida bo‘lib o‘tadi.

Nima uchun TalabaExpo-2025 muhim?

“TalabaExpo-2025” — bu Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan, Milliy bank, Oliy ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa yirik tashkilotlar ishtirokidagi keng qamrovli bandlik platformasi hisoblanadi.

Ushbu yarmarka orqali:

  • Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlanadi;

  • Ularning biznes g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanadi;

  • Yirik ish beruvchilar bilan bevosita muloqot imkoniyati yaratiladi.

TalabaExpo-2025da sizni nimalar kutmoqda?

  • Bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar;

  • Biznes g‘oyalarga imtiyozli kreditlar;

  • HR menejerlar bilan bevosita suhbatlar;

  • Bank sohasidagi imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumotlar;

  • Maslahatlar, treninglar va ochiq muloqotlar.

Kimlar uchun ayni fursat?

  • Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari;

  • Ish topish yoki biznes boshlash istagida bo‘lgan yosh mutaxassislar;

  • Bank va moliya sohasida karyera qilishni rejalashtirayotganlar.

Bu yarmarka nafaqat karyerani boshlash, balki o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlarga ham katta imkoniyat yaratadi.