The Writing Quarter Competition - har oyda qisqa hikoyalar uchun $30 yutib olish imkoniyati

08-sentabr 12:05
The Writing Quarter Competition - har oyda qisqa hikoyalar uchun $30 yutib olish imkoniyati

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

writingquarter.com.au

Grant turi:

Tanlovlar

The Writing Quarter 18 yoshdan yuqori bo‘lgan ijodkorlarga istalgan mavzuda yozilgan qisqa hikoyalari uchun $30 pul mukofoti yutib olish imkoniyatini taqdim etadi. Tanlov har oyda otkaziladi va hikoyalar har oyning so‘nggi kunigacha qabul qilinadi.

Foydali tomonlari:

  • G‘olib bo‘lgan ishtirokchi $30 bilan mukofotlanadi;
  • The Writing Quarter saytida o‘z hikoyanini nashr qildirishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzodlar 18 yoshdan katta bo‘lishi;
  • Istalgan mavzuda 1000-3000 so‘zdan iborat bo‘lgan hikoya jo‘natishi;
  • Hikoyalar avval hech qayerda nashr qilinmagan va o‘zi tomonidan yozilgan bo‘lishi;
  • Hikoyaning birinchi sahifasida va jo‘natilgan elektron xabarda hikoya nechta so‘zdan iboratligi keltirilgan bo‘lishi;
  • Hikoyalar Microsoft Word (.doc or .docx), Rich Text Format (.rtf), and OpenOffice/NeoOffice (.odt) qolaversa, Courier yoki Times New Roman, 12 formatda bo‘lishi lozim.

Hikoyalar info@writingquarter.com.au ushbu manzilga jo‘natiladi. Natijalar kelasi oyning yakunida e’lon qilinadi va g‘olibga PayPal orqali to‘lab beriladi.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul. Har bir ishtirokchi oyda faqat bir marta ariza topshirishi mumkin.

Qo‘shimcha murojaat va takliflar uchun: https://writingquarter.com.au/contact-us/