Writers of the Future Contest - yozuvchilar uchun $1000 miqdorida pul mukofoti yutib olish imkoniyati
8.09.2021 17:54

Writers of the Future ilmiy fantasik yo‘nalishda ijod qiluvchi yozuvchilarga ushbu tanlovda qatnashib pul mukofoti yutib olish imkoniyatini taqdim etadi. tanlov har 3 oyda bir marta o‘tkaziladi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
- 1-o‘rin - $1000;
- 2-o‘rin - $750;
- 3-o‘rin - $500;
BATAFSIL. Qolaversa, har yili 4 mavsum g‘oliblari orasidan eng yaxshi deb topilgan ijodkor qo‘shimcha $5000 yutib olish imkoniga ega.
Talablar:
- Ijodiy ish original bo‘lishi, plagiat yoki boshqa joyda nashr qilinmagan bo‘lishi lozim;
- Ijodiy ish 17,000 so‘zdan oshmasligi shart;
- Ijodiy ishga yozuvchining ism-familiya yozilmasligi kerak.
- Ariza topshirayotganda alohida shaxsiy ma’umotlar yozilgan ma’lumotnoma joylanishi lozim. G‘oliblar telefon yoki elektron xabar yozish orqali ogohlantiriladi. Shuning uchun ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lish so‘raladi.
Talablar va qoidalar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
Ijodiy ishlar elektron varianti USHBU MANZILGA jo‘natiladi.
Qog‘oz variantdagi ishlar uchun manzil:
L. Ron Hubbard’s Writers of the Future Contest
7051 Hollywood Blvd., Los Angeles, California 90028
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
The Prix virginia 2022 foto tanlov- bosh mukofot 10.000 €
2.05.2022 14:11
Qashshoqlikka qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi grant!
23.04.2022 12:13
The Writing Quarter Competition - har oyda qisqa hikoyalar uchun $30 yutib olish imkoniyati
8.11.2021 21:06
Ijodkorlar uchun “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi
19.10.2021 17:23