Abituriyentlar xotirasini kuchaytirishning oddiy lekin sinalgan 10 usuli
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Uzoq muddatga eslab qolishning 10 usuli haqida eshitganmisiz?
Quyida sizlar uchun imtihondan oldin o‘qiganlarimizni esdan chiqarmaydigan 10 ta oddiy usulni taqdim etamiz. Qani unda, ketdik!
1-usul. Zamonaviy kognitivistlar, biletlarni tushunmasdan yod olganlar ustidan kuladilar. Yoki bo‘lmasa, formulalar miyaga o‘rnashib qoladi degan umidda darslikning barcha bo‘limlarini tirishib o‘qiydilar. Siz yil davomida qatnashmagan leksiyalarni yod olishning yanada samarali usullari bor. Amerikalik tadqiqotchilar va “Hamma narsani eslab qolish: Yod olmasdan va zerikmay bilimlarni eslab qolish” kitobining mualliflari Piter Braunj, Mark Makdeniel, Genri Ryodigerlar “eslab qolish” deb nomlangan usulni taklif qiladilar. Bu, qachonki odam mavzuni o‘rganib chiqib, fikrini bir yerga to‘plab, qo‘li bilan sahifani berkitadi va mavzu nima haqda ekanligini idrok qiladi va o‘qilganlar bo‘yicha o‘zini yaxshigina nazorat qiladi yoki tayanch nuqtalaridagi mazmuniga qarab kerakli ma’lumotni ajratib oladi.
2-usul. Nemis ruhshunosi Ebbingauzni 100 yil avval esdan chiqqan narsani qanday qilib yodda saqlash mumkin degan savol qiziqtirgan. Tajriba jarayonida u imtihon arafasida bilib olinadigan natijalarga ega bo‘ldi: birinchi soatda olingan ma’lumot 60% unutiladi, qachonki siz telefonda shpargalkadan foydalansangiz, 10 soatdan keyin xotirada 35% ma’lumot qoladi. Ruhshunoslar shpargalkani rad etadilar, Ebbengauzning tajribasini diqqat bilan kuzatdilar va kishilarga interval (vaqt oralig‘idagi) takrorlashni taklif etdilar:
birinchisi – darhol o‘qigandan so‘ng, ikkinchisi – 20 daqiqadan keyin, uchinchisi – 8 soatdan so‘ng, to‘rtinchisi – bir kundan keyin.
Esda saqlashni osonlashtiradigan usullarga murojaat qilamiz.
3-usul. Ebbengauz “chekka natijasi” usulini ochdi. Buni ochishdan maqsad matnning boshida yoki oxirida joylashgan ma’lumotlar oson esda qoladi. Shuning uchun ham biletlar tayyorlayotganda muhim materiallarni kirish va xotima qismiga joylashtirishga harakat qiling.
4-usul. Qiziqarli va hissiy bo‘yoqlarga boy narsa tezda esda qoladi. Sizdan bilak bo‘g‘imlari suyaklari ro‘yxatini yodlash talab qilingan bo‘lsa, tasavvur qiling, bu bo‘g‘imlar chiroyli qizniki bo‘lib, siz unga tramvaydan tushayotganida tirsak suyagining pastki qismidan ushlab yordam berasiz.
5-usul. “Yod olmasdan va zerikmay bilimlarni eslab qolish” kitobining mualliflariga qaytamiz. Ular shuni talab qiladilar – tayyor natija bilan tanishishdan avval xulosa chiqarishga urinib ko‘ring. Masalan, bilet olgach, “Uh” undovidan tashqari bu haqda yana nima deyishingiz mumkin. Va yana bir necha daqiqa sarosimadan so‘ng darslikka murojaat qiling.
6-usul. Muhim narsani qo‘lda yozing. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotni yozib olgach, hatto daftarni yo‘qotib qo‘ysak ham, biz uni mustahkam eslab qolamiz.
7-usul. Atom fizikasidan bobni ovoz chiqarib o‘qing. Oila a’zolaringizga bu yoqmasligi mumkin, lekin siz ovoz, quloq va ko‘zlaringizdan foydalanib, kitobda bu qiziqarli ma’lumotni shunchaki ko‘rgandan ko‘ra tezroq eslab qolasiz.
8-usul. Bu usulni oila a’zolariga imtihondan avval qo‘llash mumkin. Ulardan birini o‘tkazib qo‘yib, unga bir necha paragraflarni gapirib bering. Hikoya qilib berish miyada ko‘plab fikr va ma’lumotlarni mustahkamlaydi. (Barbara Oakli, “Matematik kabi o‘yla: Har qanday muammoni qanday qilib tez va samarali yechish mumkin?”)
9-usul. Amerikaning Monkler (Nyu-Jersi) universiteti olimlari olib borgan tekshirish qo‘lni musht qilishga majbur qiladi. Bolalar 50 nafar ko‘ngillilar bilan tajriba o‘tkazdilar va shuni isbotladilarki, ma’lumotni o‘zlashtirish vaqtida o‘ng qo‘lni musht qilish xotirada olib qolishda foydali ekan. Go‘yoki, biz qo‘lni musht qilsak, xotira bilan bog‘liq sohalar miyada faollashadi.
10-usul. Kitob bilan bir joyda o‘tirmang, xonadan xonaga o‘ting. Buni mutaxassislar sizni mudroqdan chalg‘itish uchun tavsiya qilmaydilar. O‘qish joyini o‘zgartirish xotirani yaxshilashga yordam beradi.