Yapon ta’lim tizimi: O‘quvchilar uchun intizomiy qoidalar va talablar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yapon maktablaridagi qoidalar: O‘quvchilar uchun intizom va tarbiya
Yapon maktablari o‘zining qat’iy qoidalari va o‘quvchilarga yuqori intizom talab qilishi bilan mashhurdir. Quyida yapon maktablarida amal qilinadigan asosiy qoidalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
1. Romantik munosabatlarga taqiq
Yapon maktablarida ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quvchilardan faqat ta’limga e’tibor qaratish talab qilinadi.
2. Maktab bufeti yo‘q
Yapon o‘quvchilari maktab bufetiga kirmaydi. Maktabga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ulardan foydalanishi va ovqatni to‘liq iste’mol qilishi majburiydir.
3. Yozgi ta’til yo‘q
Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. O‘quvchilarga 5 haftalik ta’tillar o‘quv yilining turli davrida taqdim etiladi va o‘sha vaqtda ham o‘qituvchilar ularning ta’lim jarayonini davom ettiradilar.
4. O‘quvchilar farrosh vazifasini bajaradi
Yapon maktablarida farrosh yo‘q. O‘quvchilar maktabni o‘zlari tozalaydi, bu ularni tartib va tozalikni saqlashga o‘rgatadi.
5. Oddiy ko‘rinish talabi
O‘quvchilar uchun turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlar ishlatishga ruxsat etilmaydi. Oddiy va tabiiy ko‘rinishda bo‘lishlari kerak.
6. Maktab formasi
Boshlang‘ich sinflardan so‘ng, o‘quvchilar maktab formasi kiyishga o‘tadilar.
7. Suzishni bilish majburiy
Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart. Maktablarda maxsus suzish darslari o‘tiladi va bu san’atni o‘rganmagan o‘quvchilar qo‘shimcha darslar olishadi.
8. Teng iqtidorga e’tibor
Yapon maktablarida har bir o‘quvchi teng deb hisoblanadi. Hech kimning o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. "Iqtidorsiz o‘quvchi yo‘q" degan tushuncha yapon ta’lim tizimida ustuvor ahamiyatga ega.