Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Turkiya. Navbatdagi yoshlar uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi ajoyib imkoniyat "Youth Peace Summit"

21.05.2022 11:27
Turkiya. Navbatdagi yoshlar uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi ajoyib imkoniyat

Muddati:

17.06.2022

Davlat:

Turkiya

Umumiy Ma’lumotlar:

Turkiyada 2022 Yoshlar Tinchlik Sammiti Forumiga ariza topshirish jarayoni boshlandi. Forum Alliance for Humanity (AH) tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Antaliyadagi bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ushbu forum butun dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq yoshlarni birlashtirishni maqsad qilgan. Ushbu forum 2022-yil 16-iyuldan 19-iyulgacha uch kun davomida boʻlib oʻtadi.

Dastur ishtirokchilarga tinchlik va birdamlikni rag‘batlantirish uchun "“Peace and Diplomacy”" mavzusidagi turli dasturlar orqali o‘zlarining yetakchilik qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyatini berishdan iborat. Butun dunyodan talabalar ushbu sammitga ariza topshirishlari mumkin. 16-40 yoshdagi yoshlar.

Kimlar uchun: Talabalar hamda yosh mutaxasislar;

Qayerda: Antalya, Turkiya;

Qatnashchilar soni: 150nafar (10 nafar to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida. 25 nafar qisman moliyalashtiriluvchi grant asosida shuningdek yana 115 ta nafar qolgan turdagi self funded bo‘lgan qatnashchilarni qabul qiladi);

Grant turlari: to‘liq moliyalashtiriluvchi,qisman moliyalashtiriluvchi turlari mavjud;

Oxirgi Muddat: 17-iyul 2022 - yil;

Manfaatli jihatlari:

  • To‘liq moliyalashtiriluvchi grant: barcha xarajatlar qoplanadi, jumladan aviabiletlar, viza xarajatlari, turar joy xarajatlari, oziq ovqat shuningdek turli xil bazmlarda qatnashish xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi;
  • Qisman moliyalashtiriluvchi grant: turar joy xarajatlari, oziq ovqat shuningdek turli xil bazmlar uchun ketadigan xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi;

Nomzodlar uchun talablar:

  • 16-40 yosh oralig‘ida bo‘lgan yoshlar:
  • Turkiya qabul qilishi mumkin bo‘lgan vaksina bilan to‘liq vaksinalangan bo‘lishi zarur;
  • Ijtimoiy jihatdan faol, o‘zida kuchli xohish bo‘lgan yoshlar;

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish badali mavjud $30. Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga murojaat qiling. Natijalar 20-iyun kuni e’lo qilinadi; So‘ngra tanlab olingan nomzodlar bilan intervyular 22-23- iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.Yakuniy natijalar 26-iyun kuni e’lon qilinadi. Qo‘shimcha savollar yuzasidan ushbu manzillarga bog‘laning: info@alliancehumanity.org or WhatsApp: +964 750 385 0748 or + 1407-591-0881