Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya: Europa-Universität Flensburg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

24.05.2021 16:42
Germaniya: Europa-Universität Flensburg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

Muddati:

15.07.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.uni-flensburg.de

Grant turi:

Bakalavriatura

Postning maqsadi:

Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan Europa-Universität Flensburg oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan bakalavr kurslaridan biri va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.

Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?

Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.

Izoh:

Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonoidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.

Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Ammo bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam. Lekin bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun ham aynan mana shunday bakalavr kursini taklif etayotgan Europa-Universität Flensburg oliygohi va u taklif etayotgan bakalavr kursi uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.

Europa-Universität Flensburg haqida qisqacha:

Europa-Universität Flensburg nufuzli Germaniya davlat universitetlaridan biridir. Ushbu universitet Daniya davlatiga yaqin bo‘lgan Flensburg tumanida joylashgan. Ushbu universitet milliy va xalqaro talabalar uchun ko‘plab kurslarni taklif etib keladi.

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Bachelor of Arts in European Cultures and Society (batafsil)

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 6 semestr (3 yil)

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kursda o‘qish bepul

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil 1-dekabrdan 31-yanvargacha davom etadi. Bundan tashqari agar yozgi semestr uchun milliy talabalardan joy ortib qolsa, xalqaro talabalar ham qabul qilinishlari mumkin. Buning uchun qabul 15-maydan 15-iyulgacha davom etadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Deyarli barcha Germaniya universitetlari bakalavr kurslari uchun nomzodlardan bakalavr diplomi yoki bakalavr darajasi birinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida akademik litseyni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida, shuningdek bakalavr darajasi ikkinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida kollejni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida reyting baholaridan ko‘chirma talab qiladi. Ushbu kurs uchun ham shunday talab mavjud;
  2. Ingliz tili sertifikati (quyidagilardan biri):
    • FCE (First Certificate in English): grade A, B
    • CAE (Certificate in Advanced English): grade A, B, C
    • CPE (Certificate of Proficiency in English): grade A, B, C
    • IELTS Academic (International English Language Testing System): band score 6.5 or superior
    • TOEFL (Test of English as a Foreign Language): Internet-based testing: min. 90 points (from max. 120)

Universitet taklif etayotgan ushbu dasturga ariza berish uchun ushbu havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi.

Batafsil bu yerda