Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Germaniya: Leuphana University of Lüneburg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

15-aprel 04:39
Germaniya: Leuphana University of Lüneburg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

Muddati:

15.07.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.leuphana.de

Grant turi:

Bakalavriatura

Postning maqsadi:

Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan Leuphana University of Lüneburg oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan International Business Administration & Entrepreneurship bakalavr kursi va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.

Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?

Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.

Izoh:

Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonoidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.

Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Ammo bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam. Lekin bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun ham aynan mana shunday bakalavr kursini taklif etayotgan

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Ammo bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam. Lekin bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun ham aynan mana shunday bakalavr kursini taklif etayotgan Leuphana University of Lüneburg oliygohi va u taklif etayotgan bakalavr kursi uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.

Leuphana University of Lüneburg haqida qisqacha:

Ushbu universitet Germaniyaning Lüneburg shahrida joylashgan bo‘lib, 1946-yilda tashkil topgan. Ushbu universitet Germaniya milliy universitetlari orasida #67 o‘rinni egallaydi.

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Bachelor of Science in International Business Administration & Entrepreneurship

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 6 semestr (3 yil)

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kursda o‘qish bepul

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Deyarli barcha Germaniya universitetlari bakalavr kurslari uchun nomzodlardan bakalavr diplomi yoki bakalavr darajasi birinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida akademik litseyni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida, shuningdek bakalavr darajasi ikkinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida kollejni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida reyting baholaridan ko‘chirma talab qiladi. Ushbu kurs uchun ham shunday talab mavjud;
  2. Ingliz tili sertifikati - quyidagilardan biri:
    • TOEFL iBT minimal 97 ball;
    • TOEIC minimal 850 ball (tinglash va o‘qish) va 340 ball (gapirish va yozish);
    • IELTS (akademik) minimal 6,5 ball;
    • CAE imtihonining B darajasi;
    • FCE imtihonini A darajasi.

Zaruriy hujjatlarni yuborish tartibi:

Germaniya universitetlari uchun odatda arizalar odatda 2 xil usulda qabul qilinadi:

  1. To‘g‘ridan-tog‘ri universitetning o‘ziga (Pochta orqali, onlayn yoki shaxsan topshirish);
  2. Uni-Assist tizimi orqali (Uni Assist - bu sizga tanlagan universitetingiz hujjatlarni taqdim etishda yordam beradigan tashkilot). Uni-Assist orqali hujjatlarni universitet qabul vaqti tugashidan kamida 6 hafta avval yuborish tavsiya etiladi.

Leuphana University of Lüneburg universiteti taklif qilayotgan yuqoridagi bakalavr kursi uchun ham mana bu yerdan Uni-Assist tizimi orqali ariza yuborishingiz mumkin.

Qabul tugashi: 2021-yil 15-iyul (Qishki semestr)

Batafsil bu yerda