Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

HP LIFE: mutlaqo bepul onlayn kurslar va bepul sertifikat olish imkoniyati

05-mart 18:03
HP LIFE: mutlaqo bepul onlayn kurslar va bepul sertifikat olish imkoniyati

Rasmiy havola:

www.life-global.org

"HP LIFE" haqida qisqacha:

HP LIFE - bu Learning Equality tashkilotining Kolibri platformasi orqali onlayn va oflayn tarzda tashkil etilib kelayotgan global o‘quv dasturi hisoblanadi. HP LIFE butun dunyo bo‘ylab kelajak uchun o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish, ishchi kuchiga ega bo‘lish va ularni yaxshiroq ish bilan ta’minlash, IT va biznes ko‘nikmalarini o‘rganish va rivojlantirish istagida bo‘lgan barcha odamlar uchun mutlaqo bepul kurs hisoblanadi. Uning yana bir afzalligi - kurslar yettida dunyo tillarida olib boriladi (ingliz tili ham mavjud). HP LIFE - bu HP Foundation dasturi bo‘lagi sanaladi.

Kurslar uchun ro‘yxatdan o‘tish:

Kurslar uchun ro‘yxatdan o‘tish juda ham oddiy hisoblanadi. U uchun hech qanday talab mavjud emas, shunchaki yaxshi internet va unga ulanish uchun yaxshi aloqa vositasi kerak va bo‘ldi! Kurslarga quyidagi qadamlarni tashlash orqali ulanishingiz mumkin:

  1. Bu yerdan rasmiy veb-saytga tashrif buyuring va o‘zingizning qiziqishingizga qarab mavjud yo‘nalishlardan birini tanlang;
  2. Yo‘nalish tanlagandan so‘ng, o‘sha soha bo‘yicha mavjud kurslarni topishingiz mumkin;
  3. Taklif etilayotgan istagan kursni tanlashingiz va kursga bepul qo‘shilishingiz mumkin;
  4. Tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha shaxsiy email manzilingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va emailingizga kelgan xabar orqali uni tasdiqlang va siz kursni shu ondayoq boshlashingiz mumkin.

Qulayliklar:

  • 7 ta dunyo tilida kurslarning mavjud ekanligi;
  • Sodda, sifatli va istalgan vaqtda o‘rganish imkoniyati;
  • Mutlaqo bepul;
  • Bepul sertifikat olish imkoniyati.

Mavjud yo‘nalishlar:

  1. Finance
  2. Marketing
  3. Operations
  4. Communication
  5. Startup / Innovate

Dunyoning turli taraflaridan HP LIFE onlayn kurslarida avval qatnashgan va bu orqali ko‘plab yuksak natijalarga erishgan qatnashchilar fikri bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Batafsil rasmiy saytda