Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yaponiya: Tokio universitetida bakalavriat dasturi

29.01.2021 05:44
Yaponiya: Tokio universitetida bakalavriat dasturi

Muddati:

24.03.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.s.u-tokyo.ac.jp

Grant turi:

Bakalavriatura

Tokio universitetida bakalavriat dasturi

Qayerda: Yaponiya

Muddat: 2021-yil 24-mart

Taʼlim joyi: Tokio universiteti, Tokio, Yaponiya

Taʼlim muddati: 2 yil

Global Science Course Undergraduate talabalar transfer dasturi yosh istiqbolli talabalar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va kelajak avlod rahbarlarini targ‘ib qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Talabalar Tokio universiteti talabalari bilan birgalikda o‘qishadi, mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, ilmiy loyihalarda qatnashadi, dunyoning eng yaxshi laboratoriyalarida ishlaydi. Bu fan talabalari uchun dunyoqarashini kengaytirish va unutilmas tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Universitet stipendiya ishtirokchilariga oyiga 150,000 iyen miqdorida stipendiya beradi. Bu oʻqish va yashash xarajatlarini qoplashga yetarli boʻladi. Universitet yashash joyi bilan taʼminlaydi, talabalardan ijara toʻlovi olinmaydi, faqatgina kommunal toʻlovlar olinadi. Ilm-fan fakulteti oʻqituvchilari xorijiy talabalarga Tokioga moslashishga yordam berishadi. Shuningdek, talabalar yapon tili kurslarida ishtirok etadilar, bu til bilish muammosini bartaraf qilishda yordam beradi.

Talablar:
• bakalavriat bosqichining 2-kursini tamomlagan boʻlishi (62 kredit);
• tugallangan oʻrta taʼlimga ega boʻlishi (Yaponiyadan boshqa davlatda);
• ingliz tilini bilishi (TOEFL iBT — 80, TOEFL PBT — 550, IELTS — 6,5, Cambridge English: Advanced(CAE) — S) talab qilinadi.

Ariza quyidagi hujjatlar bilan onlayn tarzda topshiriladi:

- talaba haqida shaxsiy ma’lumotlar;

- ta’lim to‘g‘risida ma’lumot (to‘liq o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, baholar bilan ko‘chirma, universitetga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat, universitetda o‘qigan fanlarning qisqacha tavsifi);

- ingliz tilini bilish testi (TOEFL iBT - 80, TOEFL PBT - 550, IELTS - 6,5, Cambridge English: Advanced(CAE) - C);

- motivasiya xati;

- qo‘shimcha ma’lumotlar (o‘quv yutuqlari, ish tajribasi, ko‘ngillik ishlari faoliyati);

- tavsiya uchun 2 o‘qituvchining aloqa ma’lumotlari;

- pasport nusxasi;

- deklarasiya;

- ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov (taxminan 90 dollar).

Batafsil ma’lumot