LifeAsapa: Daniya davlatida bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati 75 000 AQSh dollarga teng grant dasturi

25-may 04:37
LifeAsapa: Daniya davlatida bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati 75 000 AQSh dollarga teng grant dasturi

Muddati:

31.12.2021

Davlat:

Daniya

Rasmiy havola:

lifeasapa.com

Grant turi:

Bakalavriatura

Grant dasturi haqida qisqacha:

LifeAsapa Foundation endilikda 2021-2022 o‘quv yili uchun a’lochi xalqaro talabalarga LifeAsapa Undergraduate Student Scholarship gant dasturini taqdim etadi. Grant dasturi Daniya davlatidagi hamkor universitetlarning birida texnik bakalavr dasturlarida o‘qishni istagan talabalarga yordam sifatida taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Odatda grant g‘oliblar uchun quyidagi uch xil shaklda taqdim etiladi:

  1. Bakalavriat kursining birinchi yilida o‘qish uchun 10,000 AQSh dollari miqdorida grant puli va 2,000 AQSh dollarlik oylik stipendiya;
  2. Uch yillik bakalavr kursining uchun 50% to‘lovi miqdorida grant puli;
  3. Bakalavr kursining to‘liq davri uchun 100% to‘lovi miqdorida grant puli.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

Quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar grant dasturi uchun ariza bera olishlari mumkin:

  • Nomzodlar AQSh va Kanada fuqarolari yoki ushbu mamlakatlarning doimiy aholisi bo‘lmasliklari kerak;
  • Hamkor universitetlar orasidan o‘zlari tanlagan universitetning bakalavriat dasturlaridan birida o‘qish uchun qabul qilinganlik xati olishlari kerak;
  • Maktabni a’lo baholarga tugatgan, masalan:
    • GCE A darajalarida 4 ball;
    • Tasdiqlangan Foundation dasturida jami 98% ball;
    • Xalqaro bakalavr (IB) dasturida 44 ball.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV (ushbu havola orqali Yevropa standartlariga mos CV tayyorlashingiz mumkin);
  2. Grant uchun ariza - bu yerda onlayn to‘ldirishingiz kerak;
  3. Motivatsion xat (1000 tagacha so‘zdan iborat);
  4. Ingliz tilini yaxshi bilishingizni isbotlovchi hujjat, bu siz bilan tanish bo‘lgan birorta Ingliz tilida ona tilisi bo‘lgan shaxs tomonidan yozilishi kerak;
  5. Bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan daraja va uning baholaridan ko‘chirma;
  6. GRE, TOEFL yoki IELTS natijalari.

Yuqorida so‘ralgan barcha hujjatlarni bitta PDF FAYLI ko‘rinishida quyidagi elektron manzilga yuborishingiz kerak:

Tugash muddati: 31-dekabr 2021-yil

Batafsil rasmiy saytda