Buyuk Britaniya: IELTS natijangiz asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun grant olish imkoniyati

07-iyun 16:10
Buyuk Britaniya: IELTS natijangiz asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun grant olish imkoniyati

Muddati:

31.07.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.tees.ac.uk

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Teesside universiteti - bu o‘zining asosiy kampusi Midlbroodagi, Shimoliy-Sharqiy Angliyaning Shimoliy Yorkshirdagi davlat universiteti. 2015/16 HESA talabalari ma’lumotlariga ko‘ra, unda 18576 nafar talaba bor ekanligi qayd etilgan.

See the source image

Oliygohi tomonidan taqdim etilayotgan Global English Language Scholarship grant dasturi orqali nomzodlar foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun IELTS natijalari asosida mukofot puli olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Muvofiqlik me’zonlari:

Nomzodlar quyidagi me’zonlarga mos kelishlari kerak:

  • kunduzgi ta’limning foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun universitetga qabul qilingan bo‘lishlari;
  • Faqat o‘qishning birinchi yilida ekanliklari;
  • 2021 yil sentyabr yoki 2022 yil yanvar oyi oralig‘idagi semestr uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari kerak.

Mukofot qiymati va taqdim etilish shartlari:

  • Agar sizning IELTS natijangiz siz hujjat topshirgan kursingiz qo‘ygan minimal talabdan 0,5 ballga baland bo‘lsa, sizga 1500 funt (taxminan 2 118 AQSh dollari) mukofot beriladi;
  • Agar sizning IELTS natijangiz siz hujjat topshirgan kursingiz qo‘ygan minimal talabdan 1.0 ballga baland bo‘lsa, sizga 2000 funt (taxminan 2 825 AQSh dollari) mukofot beriladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar sovrin uchun alohida ariza topshirishlari shart emas. Universitetning foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun ariza topshirgan va o‘qishga qabul qilingan va dastur talablariga mos kelgan talabalarga grantlar avtomatik taqdim etiladi. O‘quv kursi uchun arizalar UCAS portali yoki BU YERDAN universitetning qabul bo‘limiga yuboriladi. Kerakli hujjatlarni tanlagan kursingizning talabnomalari bo‘limidan olishingiz mumkin.

Qabulning oxirgi muddati:

31-iyul 2021-yil

Batafsil bu yerda