Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2023

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2023-2024 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Biologiya 60110900 / Biologiya / Kimyo 50 10 40 135.4 123.8
Boshlang‘ich ta’lim 60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 100 10 90 138.6 108
Fizika va astronomiya 60110700 / Fizika / Matematika 75 20 55 101.2 73
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 / Geografiya / Matematika 50 10 40 106 72.7
Jismoniy madaniyat 60112200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 30 5 25 172.5 164.8
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) 60112201 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 20 5 15 165.9 86.6
Kimyo 60110800 / Kimyo / Matematika 50 10 40 87.4 70.3
Maktabgacha ta’lim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 100 10 90 114.5 81.5
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 25 10 15 96 83.9
Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 50 10 40 129.9 106.2
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 25 10 15 162.2 149.4
Matematika va informatika 60110600 / Matematika / Fizika 75 20 55 132.4 103.1
Maxsus pedagogika : logopediya 60112704 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 25 15 10 111.1 93.4
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60112100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 50 5 45 128.3 82.4
Musiqa ta'limi 60111300 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 50 10 40 134.4 87.5
O‘zbek tili va adabiyoti 60111400 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 100 15 85 144.2 118.6
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 50 5 45 127.6 78.9
Tarix 60111100 / Tarix / Geografiya 50 5 45 159.1 125
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 50 10 40 114.9 78.2
Texnologik ta’lim 60112300 / Fizika / Matematika 50 10 40 80.6 69.1